Brakonidlar (Braconidae) -napdaqanotlipar turkumiga mansub foydali (entomofag) hasharotlar oilasi. Tanasining uz. 5–15 mm. Qornining dastlabki 3 boʻgʻimi (segmenti) kalta, baʼzan birinchisi bir oz uzunroq. Oyoqlari, odatda ixcham, boldirida pixi bor, oʻtirgʻich yoki poyasimon qorinli; 2—3boʻgʻimlari oʻzaro harakatsiz birikkan. Qattiq qanotlilar, tangaqanotlilar, tengqanotlilar turkumi vakillarida parazitlik bilan hayot kechiradi. B.ning koʻpgina turlari qandalalar, qoʻngazlar, kapalaklar, arrakashlar, chumolilar va pashshalarning ichki parazitidir. Voyaga yetgan B. gul nektari yoki soʻruvchi hasharotlarning chiqindilari (shirasimon suyuklik) bilan oziqpanadi. Katta yoshdagi lichinkasi xoʻjayin qurtida qishlaydi. Yilda 5— 6 avlod beradi. B.ning koʻpchiligi serpusht (1000 tagacha tuxum qoʻyadi). Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqasida B.ning eshilgan apanteles (Apanteles condestus Nees.), porac (Rhogas dimidiatus Spin), mikroplitus (Microplitis spectabilis Hal.), amikroplus [Amicroplus (Macrocentrus) collaris Spin.], brakon (Habrobracon hebetor Say.) va boshqa turlari tarqalgan. Brakonidlar da B. koʻpgina vakillaridan zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurashda keng foydalaniladi.

Brakonidlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil