Brana Ilić (talaffuzi: Brana Ilich) (1985-yil 16-fevralda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, „Sloven Ruma“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Brana Ilić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Brana Ilić
Tavallud sanasi 16-fevral 1985-yil (1985-02-16) (39 yosh)
Tavallud joyi Golubinci, SFR Yugoslaviya
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sloven Ruma
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Jadran Golubinci
Zemun
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2006 Zemun 93 (14)
2007—2008 Rad 59 (16)
2009—2010 Partizan 33 (5)
2010—2011 Vojvodina 35 (13)
2012 Aktobe 10 (3)
2012—2016 PAS Giannina 127 (26)
2016—2017 Aris Thessaloniki 31 (8)
2017—2019 Kisvárda 65 (14)
2019—2021 Inđija 49 (3)
2021 Železničar Pančevo 18 (7)
Milliy terma jamoa
2011 Serbiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(3-dekabr 2021-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Zemun va Rad tahrir

Ilić Zemun bilan 2003\2004-yillarda Serbiya va Chernogoriya Birinchi ligasida birinchi marta oʻynagan. U tezda oʻzini asosiy jamoaning doimiy futbolchisi sifatida koʻrsatgan va 23 oʻyinda toʻrtta gol urgan. Ilić „Zemunda“ oʻynagan vaqtida chempionatda jami 93ta oʻyin oʻtkazib, 14ta gol muallifiga aaylangan.

2007-yil qishki transfer oynasida Ilić Serbiyaning birinchi ligasi „Rad“ klubiga oʻtgan va keyingi ikki yilni Rad tarkibida oʻtkazgan. Ilić ularga 2008-yilda Serbiya Superligasiga chiqishda yordam bergan.

Partizan va Vojvodina tahrir

2009-yilning 9-yanvarida Ilić „Partizan“ bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 14-mart kuni oʻtkazgan va ikkinchi boʻlim oxirida Lamine Diarra oʻrniga maydonga tushgan. Toʻrt kundan soʻng, „Partizan“ tarkibida ikkinchi oʻyinida Ilich klub uchun birinchi golini urgan va jamoasiga „Yagodina“ga qarshi safar oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam bergan.

2010-yilning 1-iyulida Ilić Vojvodina bilan bir yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. U 2012-yil qishki transfer oynasida Vojvodinani tark etgunga qadar barcha musobaqalarda 44 ta oʻyin oʻtkazgan va klub uchun 15 ta gol urgan.

Qozogʻiston, Gretsiya va Vengriya tahrir

2012-yil mart oyida Ilić Qozogʻistonnng grand klublaridan biri „Aktobe“ bilan shartnoma imzolagan. U 2012-yil Qozogʻiston Premyer-ligasining birinchi yarmida 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Yozgi transfer oynasida klubni tark etgan.

2012-yilning yozida Ilić Gretsiya Superligasining PAS Giannina jamoasiga qoʻshilgan. U 25-avgust kuni klub safida ilk bor maydonga tushgan va oʻz maydonida Platanias bilan 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan. 7-oktyabr kuni Ilich oʻzining PAS Giannina darvozasiga birinchi golini „Panionios“ga qarshi kechgan bahsda kiritgan. Ilić 11 ta gol (ligada 10 ta) bilan klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida debyut mavsumini yakunlagan. PAS Gianninadagi toʻrt yillik faoliyati davomida Ilić 138 ta oʻyin oʻtkazib klub uchun 28 ta gol urgan[1].

2016-yil 2-avgustda Ilić Futbol Ligasi klubi Aris Saloniki bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[2]. U 18-dekabr kuni „Trikala“ga qarshi oʻyinda (3:2) dubl qayd etib, jamoadagi ilk gollarini kiritgan. Ilić, atigi bir mavsumdan keyin Aris Salonikini tark etgan.

Gretsiyada besh yil oʻynagach, Ilić Vengriyaga koʻchib oʻtgan va 2017-yil iyul oyida Nemzeti Bajnokság II klubi Kisvardaga qoʻshilgan. U oʻzining debyut mavsumida ularga Nemzeti Bajnokság Iga koʻtarilishiga yordam bergan va 35 oʻyinda 10 ta gol urgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2011-yilning 18-martida Ilić Shimoliy Irlandiya va Estoniyaga qarshi Yevro-2012 saralash oʻyinlari uchun Serbiya terma jamoasiga chaqirilgan[3][4]. Lekin ikkala oʻyinda ham maydonga tushmagan. U 2011-yilning 3-iyunida Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut terma jamoa trakibda debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Zemun 2003—2004 Serbiya va MontenegroBirinchi Ligasi 23 4 2 0 25 4
2004—2005 Serbiya va MontenegroBirinchi Ligasi 28 7 1 0 29 7
2005—2006 Serbiya va MontenegroBirinchi Ligasi 27 2 2 0 29 2
2006—2007 Serbiya Super Ligasi 15 1 1 0 16 1
Jami 93 14 6 0 99 14
Rad 2006—2007 Serbiya Birinchi Ligasi 16 9 0 0 2 0 18 9
2007—2008 Serbiya Birinchi Ligasi 29 6 1 0 4 2 34 8
2008—2009 Serbiya Super Ligasi 14 1 2 0 16 1
Jami 59 16 3 0 6 2 68 18
Partizan 2008—2009 Serbiya Super Ligasi 11 2 2 0 0 0 13 2
2009—2010 Serbiya Super Ligasi 22 3 2 0 9 3 33 6
Jami 33 5 4 0 9 3 46 8
Vojvodina 2010—2011 Serbiya Super Ligasi 22 6 4 0 26 6
2011—2012 Serbiya Super Ligasi 13 7 3 1 2 1 18 9
JAmi 35 13 7 1 2 1 44 15
Aktobe 2012 Qozogʻiston Premyer Ligasi 10 3 0 0 0 0 10 3
PAS Giannina 2012—2013 Gretsiya Super Ligasi 35 10 4 1 39 11
2013—2014 Gretsiya Super Ligasi 34 5 2 0 36 5
2014—2015 Gretsiya Super Ligasi 31 7 2 1 33 8
2015—2016 Gretsiya Super Ligasi 27 4 3 0 30 4
Jami 127 26 11 2 138 28
Aris Thessaloniki 2016—2017 Gretsiya Super Ligasi 31 8 0 0 31 8
Kisvárda 2017—2018 Nemzeti Bajnokság II 35 10 2 0 37 10
2018—2019 Nemzeti Bajnokság I 30 4 5 2 35 6
Jami 65 14 7 2 72 16
Inđija 2019—2020 Serbiya Super Ligasi 26 3 1 0 27 3
2020—2021 Serbiya Super Ligasi 23 0 0 0 23 0
Jami 49 3 1 0 50 3
Karyerada jami 502 102 39 5 11 4 6 2 558 113

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Serbiya 2011-yil 1 0
Jami 1 0

Yutuqlari tahrir

Partizan
  • Serbiya Superligasi : 2008—2009, 2009—2010
  • Serbiya kubogi : 2008—2009; Individual
  • Gretsiya Superligasida Top assistent 2-oʻrin sohibi: 2014—2015

Manbalar tahrir

  1. „Τέλος και οι Ίλιτς, Στρούνα από τον ΠΑΣ Γιάννινα“ (grekcha). sport24.gr (14-iyun 2016-yil). Qaraldi: 14-iyun 2016-yil.
  2. „Πήρε τον Ιλιτς ο Αρης“ (grekcha). contra.gr (2-avgust 2016-yil). Qaraldi: 4-avgust 2016-yil.
  3. „Pižon vratio Pantelića, pozvao Branu Ilića!“ (serbcha). mondo.rs (18-mart 2011-yil). Qaraldi: 8-aprel 2011-yil.
  4. „Debituju Šaranov i Ilić“ (serbcha). rts.rs (18-mart 2011-yil). Qaraldi: 8-aprel 2011-yil.