Branimir Bajić (talaffuzi: Branimir Bajich; 1979-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) — bosniyalik nafaqadagi futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Branimir Bajić
Bajić MSV Duisburg safida, 2015-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 19-oktyabr 1979-yil (1979-10-19) (45 yosh)
Tavallud joyi Bijeljina, Bosniya va Gersogovina SR, Yugoslaviya
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Mladost Velika Obarska
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997-2000 Radnik Bijeljina 73 (0)
2000-2007 Partizan 114 (6)
2006Al Wahda (ijara)
2007-2009 TuS Koblenz 55 (2)
2009-2010 Denizlispor 12 (1)
2010-2018 MSV Duisburg 208 (18)
Milliy terma jamoa
2004-2008 Bosniya va Gersegovina 21 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 13-may uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Bajić 2000-yilning iyulida Radnik Bijeljina safidan „Partizan“ga oʻtdi[1]. 2001—2002-yilgi UEFA kubogi birinchi bosqichida „Rapid Wien“ ga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida ham oʻzining jamoadagi, ham jamoasining oʻyindagi birinchi goliga mualliflik qildi, 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi[2]. 2004-yilning may oyida Bajić „Partizan“ bilan shartnomasini yana 4 yilga uzaytirdi. Keyinchalik u 2004—2005-yilgi mavsumda klub bilan uchinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2006-yilning fevralida Bajić Amirlikning „Al Wahda“ klubiga doimiy shartnoma opsiyasi bilan olti oyga ijaraga berildi[3]. Shartnoma tugaganidan keyin „Partizan“ga qaytdi va 2006—2007-yilgi mavsumda muntazam ravishda jamoada oʻynadi.

2007-yil iyun oyida Bajić Germaniyaga koʻchib oʻtdi va TuS Koblenz bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4]. Keyingi ikki mavsumni u klubda oʻtkazdi, 2009-yil iyul oyida „Denizlispor“ga oʻtdi. Turkiyada bir yil oʻynagach, Bajić Germaniyaga qaytib keldi va MSV Duisburg bilan shartnoma imzoladi[5]. 2018-yilning 9 may kuni u 2017—2018-yilgi mavsum yakunida Duisburgni tark etishi maʼlum boʻldi[6]. Mavsumdan soʻng faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi[7].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Bajić Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida 2004-yil avgust oyida Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan va jami 21 o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol urmagan[8]. Uning soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 2008-yil avgustida Bolgariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini boʻlgan[9].

2008-yil sentyabrida Chiro Blaževich Bosniya va Gersegovinaga murabbiy sifatida kelganidan keyin terma jamoadagi muhitdan noroziligini aytib, Sportski žurnal gazetasiga[10] intervyusida Bajić 28 yoshida terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini aytdi[10].

Bir necha kundan keyin „Dnevni avaz“ gazetasida Bajić Sportski žurnalga bergan intervyusini va xalqaro faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilganini rad etdi[11].

== Yutuqlari ==; Partizan

  • Yugoslaviya birinchi ligasi: 2001-2002, 2002-2003, 2004-2005
  • FR Yugoslaviya kubogi: 2000-2001

Manbalar

tahrir
  1. „Haubica Iliev“ (Serbian). glas-javnosti.rs (2000-yil 26-iyul). 2022-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  2. „Kapital od Bajića“ (Serbian). glas-javnosti.rs (2001-yil 20-sentyabr). 2022-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  3. „Bajić potpisao za Al Vahda“ (Serbian). partizan.rs (2006-yil 11-fevral). 2020-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  4. „Bajić se pridružio Pantiću“ (Serbian). partizan.rs (2007-yil 13-iyun). Qaraldi: 2017-yil 19-fevral.[sayt ishlamaydi]
  5. „MSV holt Branimir Bajic“ (German). kicker.de (2010-yil 16-iyun). Qaraldi: 2012-yil 24-yanvar.
  6. „Sieben Abschiede am Sonntag: Danke für eue Zeit in Zebrastreifen!“. msv-duisburg.de (2018-yil 9-may).
  7. „Bajic beendet seine Karriere“. msv-duisburg.de (2018-yil 10-may).
  8. „Appearances for Bosnia and Herzegovina National Team“. RSSSF. Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.
  9. „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.
  10. 10,0 10,1 „Branimir Bajić "odjavio" Ćiru, zauvek“ (Serbian). mondo.rs (2008-yil 16-sentyabr). 2017-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  11. „Bajić: Nisam "odjavio" BiH i Ćiru!“ (Serbian). mondo.rs (2008-yil 18-sentyabr). 2017-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.

Havolalar

tahrir