Brashpil (gollandcha — braadspil) — kema yakorini koʻtaruvchi, zanjir va sim arqonlarni yigʻib oluvchi chigʻir. Gorizontal valga oʻrnatilgan ikki barabani ham boʻladi. Kemaning tumshuq qismiga oʻrnatiladi. Katta kemalarda bugʻ porshenli mashinalar yoki elektr dvigatellari bilan, kichik kemalarda dastaki motor yoki asosiy dvigatel bilan harakatga keltiriladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil