Bratislava koʻchasi (Toshkent)
Bratislava koʻchasi – Yakkasaroy tumanida, Nizomiy maydoni bilan Shota Rustaveli koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 0,5 km atrofida. XX asrning 50-yillarida koʻchasi yuzidagi bogʻni saqlab qolgan holda Toshkentni rekonstruksiya qilish va rivojlantirish bosh plani asosida koʻchaning ikkinchi tomoniga maʼmuriy va koʻp qavatli binolar qurildi. 1954-yil koʻchaga rus kompozitori Mixail Glinka (1804—1857) nomi qoʻyildi. Slovakiya Respublikasi poytaxti Bratislavada Oʻzbekiston koʻchasi boʻlgani uchun 2001-yil 19-sentabrda Glinka koʻchasining bosh qismiga Bratislava nomi berildi[1].
Gul bozor | |
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yakkasaroy |
Uzunligi | 0.5 km |
Avvalgi nomlari | Glinka koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Bratislava |
Koʻchada joylashgan binolar |
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Doʻstlik bogʻi |
Koʻcha yoʻnalishida Nizomiy nomidagi davlat pedagogika universiteti (hozirgi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti), koʻp qavatli turar joy binolari, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi (hozirgi Doʻstlik bogʻi), Nizomiy maydoni, dorixona, savdo va umumovqatlanish shoxobchalari bor. Koʻcha yaqinida Yakkasaroy tumani hokimiyati, poliklinika, Baxt uyi, „Tabassum“ restoran-toʻyxonasi, „Oʻzbekengilsanoat“ kompaniyasi, „Nodir kitoblar“ doʻkoni joylashgan.
Galereya
tahrir
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.