Bratislava universiteti
Bratislava universiteti, Yan Amos Komenskiy nomidagi Bratislava universiteti — Slovakiyadagi dastlabki universitet. 1919 yilda tashkil etilgan. Bratislava universiteti huquqshunoslik, tibbiyot, dorishunoslik, falsafa, sanʼat, tabiiy fanlar, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 18 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 1,5 mln.ga yaqin asar saqlanadi.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |