Brendan Ranford
Brendan Ranford (talaffuzi: Brendan Renford) (1992-yil 3-mayda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Hozirda u erkin agent hisoblanadi.
Brendan Ranford | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
3-may 1992-yil Edmonton, Alberta, Kanada | ||
Boʻyi | 5 ft 10 in (178 cm) | ||
Ogʻirligi | 182 lb (83 kg; 13 st 0 lb) | ||
Pozitsiyasi | hujumchi | ||
Sobiq jamoalar |
erkin agent Dallas Stars Eisbären Berlin Mora IK HC Slovan Bratislava[1] | ||
NHLga kirish drafti |
209-oʻrindagi tanlov, 2010 Philadelphia Flyers | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2013—hozirgacha |
Brendan Ranford „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga 2010-yilgi NHL kirish loyihasida 209-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Brendan Ranford Milliy xokkey ligasining sobiq darvozaboni Bill Ranfordning jiyani hisoblanadi.
Oʻyin faoliyati
tahrirYoshligida Brendan Ranford 2004—2005-yillardagi Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida Shimoliy Vancouverning kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[2].
Brendan Ranford 2013-yil 24-may kuni Amerika xokkey ligasining vakili "Texas Stars" xokkey jamoasi bilan sinov shartnomasini imzoladi[3]. „Texas Stars“ klubi bilan muvaffaqiyatli oʻquv-mashgʻulot yigʻinidan soʻng, Brendan Ranford 2013—2014-yilgi mavsumida oʻzining yangi professional mavsumini boshlash uchun bir yillik AHL shartnomasiga imzo chekdi. Ranford klub bilan debyut mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazdi va 65 oʻyinda 33 ochko toʻpladi. 2014-yilgi Calder kubogi pley-off oʻyinlarida Brendan Ranford 16 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Brendan Ranford oʻz natijasi bilan jamoasining ilk Calder kubogini qoʻlga kiritishiga yordam berdi[4].
2014-yil 2-iyulda Ranford klubning NHL filiali „Dallas Stars“ xokkey jamoasi bilan erkin agent sifatida uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzoladi[5].
2016—2017-yilgi mavsumda, „Texas Stars“ klubidagi toʻrtinchi yil oʻrtalarida, Ranford Branden Trock bilan birga „Arizona Coyotes“ xokkey klubiga Justin Peters va Justin Hache evaziga 2017-yilning 1-fevralida almashtirildi[6]. Shundan soʻng, Brendan Ranford klubning filiali „Tucson Roadrunners“ xokkey klubi safiga yuborildi. Brendan Ranford 2017-yil 1-martda Joe Whitney evaziga „Colorado Avalenche“ xokkey klubiga almashtirildi[7]. U klub safidagi ilk mavsumida 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 17 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi.
Keyinchalik, Brendan Ranford Shimoliy Amerikani erkin agent sifatida tark etdi va 2018-yil 28-iyun kuni Germaniyaning „Eisbären Berlin“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[8].
Faoliyat statistikasi
tahrirMuntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
tahrirMuntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2007—2008 | Kamloops Blazers | WHL | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2008—2009 | Kamloops Blazers | WHL | 66 | 13 | 14 | 27 | 46 | 4 | 0 | 3 | 3 | 2 | ||
2009—2010 | Kamloops Blazers | WHL | 72 | 29 | 36 | 65 | 83 | 4 | 2 | 3 | 5 | 4 | ||
2010—2011 | Kamloops Blazers | WHL | 68 | 33 | 53 | 86 | 68 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Kamloops Blazers | WHL | 69 | 40 | 52 | 92 | 73 | 11 | 5 | 9 | 14 | 8 | ||
2012—2013 | Kamloops Blazers | WHL | 70 | 22 | 65 | 87 | 28 | 15 | 5 | 15 | 20 | 0 | ||
2013—2014 | Texas Stars | AHL | 65 | 12 | 21 | 33 | 14 | 21 | 8 | 8 | 16 | 12 | ||
2014—2015 | Texas Stars | AHL | 73 | 18 | 33 | 51 | 22 | 3 | 0 | 1 | 1 | 0 | ||
2014—2015 | Dallas Stars | NHL | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Texas Stars | AHL | 76 | 19 | 40 | 59 | 49 | 4 | 1 | 3 | 4 | 4 | ||
2016—2017 | Texas Stars | AHL | 36 | 6 | 11 | 17 | 4 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Tucson Roadrunners | AHL | 10 | 0 | 0 | 0 | 4 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | San Antonio Rampage | AHL | 21 | 4 | 13 | 17 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | San Antonio Rampage | AHL | 57 | 4 | 15 | 19 | 26 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Eisbären Berlin | DEL | 51 | 13 | 15 | 28 | 48 | 8 | 2 | 3 | 5 | 6 | ||
2019—2020 | Mora IK | Allsv | 29 | 11 | 12 | 23 | 14 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | HC Slovan Bratislava | Slovak | 29 | 12 | 20 | 32 | 8 | 4 | 3 | 1 | 4 | 0 | ||
NHL jami | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — |
Manbalar
tahrir- ↑ „Ofenzívu Slovana posilní kanadská dvojica útočníkov“ (Slovak). hcslovan.sk.
- ↑ „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-fevral.
- ↑ „Texas Stars sign Brendan Ranford to PTO“. Texas Stars (2013-yil 24-may). 2013-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-may.
- ↑ „Texas Stars win first Calder Cup championship“. frozenfutures.com (2014-yil 18-iyun). Qaraldi: 2014-yil 18-iyun.
- ↑ „Dallas Stars sign Left Wing Brendan Ranford“. Dallas Stars (2014-yil 2-iyul). Qaraldi: 2014-yil 2-iyul.
- ↑ „Stars acquire Peters and Hache“. Dallas Stars (2017-yil 1-fevral). Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
- ↑ „Avalanche acquire Brendan Ranford from Arizona“. San Antonio Rampage (2017-yil 1-mart). 2017-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-mart.
- ↑ „Striker duo joins Berlin“ (German). Eisbären Berlin (2018-yil 28-iyun). Qaraldi: 2018-yil 28-iyun.