Brenner
Brenner — Etstal va Sillertal Alp togʻlari (Sharqiy Alp togʻlari) oʻrtasidagi togʻ dovoni, Avstriya bilan Italiya chegarasida. Balandligi 1371 m. Brenner orqali Inn daryosi vodiysidan Adije daryosi vodiysiga oʻtiladigan 27 tunnelli Insbruk — Bolsano temir yoʻl (1867) va avtomobil yoʻli qurilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |