Bretan (tarixiy viloyat)
Bretan — Fransiyaning gʻarbiy qismidagi tarixiy viloyat. Bretan hududida Finister, KotdyuNor, Morbian, Il va Vilen, qisman Atlantika Luarasi (Quyi Luara) departamentlari bor. Maydoni 27,2 ming km². Aholisi 2,8 mln. kishi (1992). Bosh shahri — Ren. 9-asr oʻrtalaridan gersoglik. 12-asr 2-yarmi — 13-asrda Angliya, soʻngra Fransiya qirollarining vassali. 1491-yildan Fransiya bilan shaxsiy uniya (ittifoq)da. 1532-yilda Fransiyaga qoʻshib olingan. 1790-yilgacha provinsiya maqomida boʻlgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |