Breytovo choʻchqa zoti — goʻsht va yogʻ (salo) beradigan zot. Rossiyaning Yaroslavl viloyati Breytovo tumani xoʻjaliklarida mahalliy kech yetiladigan choʻchqalarni yirik va oʻrtacha oq, litva oq va daniya landras choʻchqa zotlari bilan chatishtirib chiqarilgan. 1948-yilda zot sifatida tasdiqlangan. Breytovo choʻchqa zoti goʻshtdor, tanasi baquvvat. Boʻyni kalta, koʻkragi keng, bikini yumaloq. Voyaga yetgan erkagining tirik vazni 300– 320 kg. Urgʻochi choʻchqalarining vazni 230–250 kg. Har gal 10—11 bola tugʻadi. Bolasining vazni 6,5—7 oylikda 90–100 kg gacha boradi. Breytovo choʻchqa zoti Oʻzbekistonda ham tarqalgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Breytovo choʻchqa zoti" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil