Brian Johnson (talaffyzi: Brayan Jonson; 1995-yil 5-noyabrda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Jessica Calalang bilan birga uch karra AQSh milliy chempionatining kumush medali sovrindori (2020-22) va uch karra Challenger musobaqasining sovrindori, shu jumladan 2019 CS Warsaw Cup turnirining oltin medali sohibi boʻlgan.

Brian Johnson
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 5-noyabr 1995-yil (1995-11-05) (28 yosh)
Royal Oak, Michigan
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Sherigi Jessica Calalang
Oldingi sheriklari Chelsea Liu, Aya Takai, Caroline Yu
Murabbiyi Todd Sand, Jenni Meno
Jamoasi Detroit SC
Uchishni boshlagan 2001
Yakunlagan 2022
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 68.87
Erkin dastur 135.16

Faoliyatining boshida Chelsea Liu bilan juftlikda konkida uchib, u bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Challenger musobaqalarida ishtirok etib, ikkita medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ular bir marta ISU Oʻsmirlar Gran-pri finalida va ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida birga ishtirok etishgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Brian Johnson 1995-yil 5-noyabrda Michigan shtatining Royal Oak shahrida tugʻilgan.

Faoliyati tahrir

Brian Johnson konkida uchishni 2001-yilda boshlagan.

Chelsea Liu bilan tahrir

Brian Johnson 2014-yilning may oyida Liu bilan juftlik hosil qilgan. Ularga Kaliforniyaning Orinj okrugida Todd Sand va Jenni Meno murabbiylik qilgan[1].

Liu / Johnson juftligi 2014 — 2015 -yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida ishtirok etgan. Germaniyada va Drezden shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritgan va Xorvatiyaning Zagreb shahridagi turnirda toʻrtinchi oʻrinni egallagan[2]. Juftlikning natijalari ularga Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtgan 2014 — 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ishtirok etish huquqini bergan va bu juftlik finalda oltinchi oʻrinni egallagan. 2015-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar oʻrtasidagi kumush medalni qoʻlga kiritgach, juftlik 2015-yilda Estoniyaning Tallin shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish uchun yoʻllanma olgan. Bu juftlik chempionatning qisqa dastur namoyishi bo‘yicha 5-o‘rin, erkin dasturda esa 8-o‘rinni egallab, umumiy hisobda 7-o‘rindan joy olgan[3].

Dasturlari tahrir

Chelsea Liu bilan tahrir

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2017 — 2018

2016 — 2017

2015 — 2016

  • Beauty and the Beast

    Alan Menken
2014 — 2015

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Chelsea Liu bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili sifatida tahrir

Xalqaro
Musobaqa 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18
CS US Classic 3
CS Warsaw Cup 2 6
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 7 5 7
JGP finali 6
JGP Avstriya 8
JGP Xorvatiya 4
JGP Chexiya Respublikasi 3
JGP Germaniya 3
JGP Polsha 5
Milliy
AQSh chempionati 2-J 6 7
Darajalar: J = Oʻsmirlar

Manbalar tahrir

  1. „Chelsea LIU / Brian JOHNSON: 2016/2017“. International Skating Union. 2017-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „2021 Cranberry Cup International Senior Pairs“. ijs.usfigureskating.org.
  3. „Chelsea Liu and Brian Johnson“. IceNetwork.com. 2018-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.