Brinza
Brinza (rumincha: brânză — pishloq) — asosan, qoʻy, shuningdek sigir, echki sutidan yoki ularning aralashmasidan tayyorlanadigan shoʻrtang pishloq. Rangi oq yoki ochsariq, sal ushaluvchan, xushxoʻr, mazasi nordonshoʻrtang. Tarkibida 40—50% yogʻ, 49—52% suv, 4— 8% tuz bor, sutga nisbatan yengil hazm boʻladi. B.ni tayyorlash uchun sut shirdon fermenti yoki pepsin bilan ivitiladi. Hosil boʻlgan boʻtqa matodan tikilgan qopchalarda siqilib, zardobi ajratiladi, soʻng presslab, maʼlum shakl beriladi. 0,6—1,5 kg li kvadrat boʻlaklarga boʻlinib, yogʻoch chelak yoki bochkalarga qavatmaqavat joylanib, ustiga 18—22% li tuzli namakob quyiladi. B. yetilgunga qadar namakob vaqtvaqti bilan almashtirib turiladi. 6—8kuni ogʻzi berkitilib, savdo korxonalariga joʻnatiladi.
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |