Briologiya (yun. bryon — yoʻsin, mox va logos — taʼlimot) — botanikaning yoʻsinlarni oʻrganuvchi boʻlimi. Briologiya soʻnggi yillarda alohida fan sifatida rivoj topdi. Hozirgi vaqtda Briologiyaning briotsenologiya, brioskologiya, briogeografiya, briofiziologiya kabi sohalari bor. Briologiya torf hosil boʻlishi, yoʻsinlar oʻsgan yerlarda astasekin tuproq hosil boʻlishi kabi xoʻjalik uchun ahamiyati katta jarayonlarni oʻrganadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil