Bromidlar
Bromidlar — metallar va metallmaslarning brom bilan hosil qilgan birikmalari, bromid kislota (NVg) tuzlari. Metallmaslarning bromidlari (mas, SVg4, SiBr4) molekulyar panjarali va oson uchuvchan moddalardir. Ishqoriy va ishqoriyer metallarning bromidlari suvda yaxshi eriydi; faqat kumush bromid, qoʻrgʻoshin bromid va baʼzi metallarning bromidlari suvda yomon eriydi. Kaliy, natriy B. tibbiyotda va bromning boshqa birikmalarini olishda, kumush bromid fotografiyada ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |