Broneavtomobil — zirhli jangovar mashina. Pulemyot, baʼzan toʻp bilan jihozlanadi. B. asosan aloqa va qoʻriqlash vazifalarini bajaradi. Qurollar B.ning aylanadigan zirhli minorasigaoʻrnatiladi. B. qurollari ogʻirligiga qarab yengil, oʻrta, ogʻir turlarga boʻlinadi. B. ekipaji 2—6 kishidan iborat boʻladi. B. 1-jahon va Ikkinchi jahon urushida qoʻllanilgan. Hozirgi armiyalarda ham baʼzi turlari ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil