Bronetransportyor — zirhli jangovar mashina. Pulemyot, toʻp va boshqa qurollar bilan qurollantiriladi. Motooʻqchi boʻlinmalar (20 kishigacha)ni tashish, ogʻir qurol-yarogʻlarni tirkash va razvedka ishlarida qoʻllaniladi. B.ning gʻildirakli, yarim oʻrmalovchi, oʻrmalovchi (gusenitsali), ochiq va yopiq turlari bor. Suvdan suzib oʻta oladi. B. devorlarida oʻq otish uchun moʻljallangan maxsus teshik (shinaklar) bor. B. minorali va minorasiz boʻlishi mumkin.

Sovet gusenitsali suzuvchi bronetransporteri. (BTR-50).
Nemis bronetransporteri TPz 1 Fuchs («Fuks»).
Fransuz bronetransporteri VAB.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil