Bronxoadenit (bronx va yun. Aden — bez) — bronxlar (traxeya atrofida, koʻks oraligʻining orqa va oldida joylashgan) limfa tugunlarining yalligʻlanishi. Koʻproq sil kasalligida, zotiljam, bronxit, bronxopnevmoniya, nafas yoʻllarining yalligʻlanishi bilan kechadigan koʻkyoʻtaya, qizamiq va boshqalarda uchraydi. B.da kuraklararo boʻshliq ogʻriydi, bemorni asosan ogʻriqli yoʻtal bezovta qiladi. Limfa bezlari kattalashadi. Sil B.ida limfa tugunlari kattalashib, uning toʻqimasi ham nobud boʻladi va suzmasimon yiringga aylanadi. Boshqa kasalliklarda bemor asosiy kasallikdan tuzalishi bilan limfa tugunlari deyarli asliga qaytadi. B.ni asosan rentgen qilib (rentgenoskopiya, rentgenografiya, flyuorografiya) aniqlanadi. Sil B. i bilan ogʻrigan bemor maxsus sil kasalxonalarida davolanadi. Organizmning umumiy quvvatini oshiruvchi dorilar, silga qarshi davo buyuriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil