Bruce Lee: Quest of the Dragon — jang sanʼati ustasi Bruce Lee haqidagi videooʻyin. Ronin Entertainment shirkati tomonidan ishlab chiqarilgan va Vivendi Universal Games shirkati tomonidan nashr etilgan. 2002-yilda chiqarilgan. Tanqidchilar tomonidan salbiy baholangan.

Oʻyin taktikasi tahrir

Bruce Lee: Quest of the Dragon beat 'em up janridagi videooʻyindir. Bosh qahramon Bruce Lee dushmanlarga qarshi jang qiladi. Tangalar oʻyin davomida yigʻib boriladi.

Sujeti tahrir

24 yoshli Bruce (talaffuzi: Bryus) oʻgʻrilanib ketilgan otasini qutqarish hamda Qora Lotus nomli uyushgan jinoiy tashkilot qoʻlidagi Oltin relikviyani qaytarib olish uchun koʻplab dushmanlar bilan jang qiladi. Oʻyinchi Bruce Leeni butun oʻyin davomida boshqarish imkoniga ega boʻladi. Oʻyindagi voqealar Hong Kong, London va San Francisco kabi shaharlarda boʻlib oʻtadi. Oʻyindagi asosiy salbiy qahramonlar Dragon Lady’ning opa-singillari (Cleopatra va Rhianna) hamda uning tarafdorlari (Cobra va ninza Tsuki) hisoblanadi.


Tanqidi tahrir

Oʻyin tanqidchilar tomonidan salbiy baholandi. Taqriz yigʻuvchi GameRankings sayti oʻyinni 35,51 foiz ijobiy baholadi[1].

Manbalar tahrir

  1. „Bruce Lee: Quest of the Dragon - XBOX“. GameRankings. 2008-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.

Havolalar tahrir