Bruce McCandless II
Bruce McCandless II (1937-yil 8-iyun – 2017-yil 21-dekabr) Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti zobiti va aviatori, elektrotexnika muhandisi va NASA astronavti boʻlgan.
Bruce McCandless II | |
---|---|
Tavalludi |
1937-yil 8-iyun Boston, Massachusetts, Amerika Qoʻshma Shtatlari 8-iyun 1937 |
Vafoti | 2017-yil 21-dekabr (80 yoshda) |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Dengiz aviatori, muhandis |
Millati | amerikalik |
Kosmik karyera | |
Daraja | Kapitan, USN |
Kosmosdagi vaqt |
13 kun 0 soat 31 daqiqa |
Tanlash | 1966-yil NASA 5-guruhi |
Jami EVAs |
2 |
Jami EVA vaqti |
12 soat 12 daqiqa |
Missiyalar | STS-41-B, STS-31 |
Missiya belgisi |
|
Isteʼfo | 1990-yil 31-avgust |
Erta hayot va taʼlim
tahrirBruce 1937-yil 8-iyunda Massachusets shtatining Boston shahrida tugʻilgan[1]. AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining uchinchi avlod ofitseri Bruce McCandlessning oʻgʻli va Willis W. Bradleyning nabirasi hisoblanadi, Uning otasi hamda bobosi „Shon-sharaf“ medali sohibi boʻlishgan. U 1954-yilda Kaliforniyaning Long-Beach shahridagi Vudro Vilson nomidagi katta oʻrta maktabni tamomlagan[1].
1958-yilda u Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-dengiz akademiyasining bakalavr darajasini oldi[1]. Kasbiy faoliyati davomida u 1965-yilda Stanford universitetida elektrotexnika boʻyicha magistr darajasini va 1987-yilda Xyuston-Clear Lake universitetida MBA darajasini ham olgan[1].
Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti
tahrirMcCandless Florida shtatidagi Pensakola va Texasdagi Kingsvill dengiz havo stansiyalarida dengiz havo kuchlarini oʻqitish qoʻmondonligida parvoz mashgʻulotlarini oʻtadi[1].
1960-yil mart oyida u Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz aviatori etib tayinlandi. McCandless Duglas F4D-1 qoʻnish mashgʻulotlari oʻtash uchun Ki-Uest dengiz havo stantsiyasiga yoʻl oldi[1].
1960-yil dekabridan 1964-yil fevraligacha u Skyray va McDonnell Duglas F-4B Phantom II samolyotlarida uchuvchi sifatida 102-qiruvchi otryadga (VF-102) tayinlandi[1].
1964-yil boshida uch oy davomida McCandless Virginia shtatidagi Okeana dengiz havo stantsiyasida 43-hujum otryadida (VA-43) asboblar boʻyicha uchish oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib borgn. Soʻngra u Stenford universitetidagi harbiy- dengiz zahiralari ofitserlarini tayyorlash korpusida elektrotexnika boʻyicha magistratura boʻlimida faoliyat olib borgan[1].
Dengiz xizmati davomida u Lockheed T-33B Shooting Star, Northrop T-38A Talon, McDonnell Duglas F-4B Phantom II, Duglas F4D Skyray, Grumman F11F Tiger, Grumman F9F Cougar, Lockheed T-1 va Seacraft samolyotlarida uchish mahoratiga ega boʻldi[1].
U 5200 soatdan ortiq parvoz vaqtiga ega boʻlib, shu jumladan reaktiv samolyotlarda 5000 soatni qayd etgan[2].