Bryugge — Belgiya shim.gʻarbidagi shahar. Gʻarbiy Flandriya provinsiyasi maʼmuriy markazi. Aholisi 117 ming kishi (1992). Transport yoʻllari tuguni; dare va dengiz porti, kema katnaydigan kanallar tutashgan joyda. Metallsozlik, mashinasozlik (kemasozlik va kema taʼmirlash, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, televizorlar ishlab chiqarish), kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Toʻr toʻqiladi. Niderlandiya sanʼati muzeyi, Munitsipal badiiy galereya, 12—17-asrlar meʼmoriy yodgorliklari: OnzeliveVrauekerk sobori va boshqa saqlangan. Shahar 7-asrdan maʼlum.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil