BRUNELLESKI (Brunelleschi) Filippo (1377 — Florensiya — 1446.15.4) — italiyalik meʼmor, haykaltarosh, olim. Uygʻonish davri meʼmorligi va kelajak aks etgan meʼmoriy nazariya asoschilaridan. Ijodini haykaltaroshlikdan boshlagan. Qad. meʼmoriy anʼanalardan yangicha yondoshib foydalangan. 1420—36 yillari SantaMariya del Fore sobori (diametri 42 m ga yaqin) gumbazini yaratgan. B. kurgan Tarbiya uyi (loyihasi — 1419) va SanLorenso cherkovining sakristiyi (ibodat kiyimlari va asbobanjomlari saqlanadigan bino), Ospedale deli Innochenti (1421—44)da Uygʻonish davri meʼmorlik sanʼatining badiiy anʼanalari oʻz ifodasini topgan. B. 1429—30 yillarda SantaKroche cherkovi hovlisidagi Patssi kapellasini bunyod etdi, turli yillarda SanLorenso va SantoSpirito cherkovlarining interyerlarini qayta qurdi. B. asarlari obrazlarining garmonik yorqinligi, nisbatlarining qatʼiyligi, qurilish usullarining mukammalligi bilan ajralib turadi.

Brunelleski Filippo

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil