Bruno Caires
Bruno Ricardo Mendonça de Caires (1976-yil 2-aprel, Lissabon, Portugaliya) – portugaliyalik sobiq futbolchi boʻlib, Caires yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bruno Ricardo Mendonça de Caires | ||
Tavallud sanasi | 22-aprel 1976-yil | ||
Tavallud joyi | Lissabon, Portugaliya | ||
Boʻyi | 1.84m | ||
Ampluasi | yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1991–1994 | Benfica | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994–1997 | Benfica | 35 | (2) |
1994–1995 | → Belenenses | 15 | (0) |
1997–1999 | Celta | 17 | (0) |
1999–2000 | → Tenerife | 12 | (0) |
2000–2004 | Sporting CP | 0 | (0) |
2001–2004 | Sporting B | 42 | (3) |
2002–2003 | → Maia | 26 | (1) |
2003 | → Covilhã | 13 | (0) |
2004–2005 | Louletano | 34 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
1991–1992 | Portugaliya U16 | 12 | (0) |
1992 | Portugaliya U17 | 3 | (0) |
1992–1993 | Portugaliya U18 | 12 | (0) |
1994–1995 | Portugaliya U20 | 13 | (1) |
1995–1997 | Portugaliya U21 | 8 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klubdagi faoliyati
tahrirCaires Lissabon shahrida tugʻilgan va S. L. Benfikaning yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan, professional futboldagi birinchi yilida C. F. Os Belenensesga ijaraga berildi va u yerda Primeira Ligada ilk bor maydonga tushdi. Caires 1995-yil yozida klubga qaytib keladi va mavsum davomida 24 ta rasmiy oʻyinda ishtirok etib, oʻz jamoasining ikkinchi oʻrinni egallashiga hissa qoʻshadi[1].
1997-yilning yozida Caires RC Celta de Vigo klubiga oʻtdi va klub uning maoshini 3,5 million yevro etib belgiladi. Caires La Ligadagi ilk oʻyinini 9-noyabr kuni Tenerifega qarshi safardagi uchrashuvda oʻtkazdi. Ushbu oʻyinda Caires klubga 3:1 hisobida gʻalabaga qozonishiga hissa qoʻshadi. Biroq, Ispaniyadagi faoliyati davomida Caires tez-tez jarohat oldi. Shuningdek, 2000-yilning yanvar oyida Caires Tenerife klubiga ijaraga berildi[2][3].
Keyinchalik, Caires Lissabon shahriga qaytib, Sporting Clube de Portugal bilan shartnoma imzoladi. Caires asosan muhim oʻyinlarda klubning B jamoasi uchun oʻynadi. Caires asosiy jamoada UEFA Chempionlar Ligasida Real Madrid va Portugaliya kubogida F. C. Famalicãoga klubi bilan boʻlgan oʻyinda maydonga tushdi[4]. Caires 2005-yilda, 29 yoshida, F. C. Maia, S. C. Covilhã va Louletano DC klublarida oʻynagandan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi. Cairesning soʻnggi ikki klubi uchinchi divizionda raqobat olib borgan.
Milliy terma jamoadagi faoliyati
tahrirCaires 1995-yilda FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Portugaliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida ishtirok etdi. Caires oltita oʻyinda maydonga tushib, jamoasining Qatarda uchinchi oʻrinni egallashiga hissa qoʻshdi. Portugaliya milliy terma jamoasidagi barcha oʻyinlarini hisobga olganda, Caires jami 52 ta oʻyinda maydonga tushgan va ikkita gol urgan[5].
Shaxsiy hayoti
tahrirCaires Portugaliya, Kanada va Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi klublarda oʻynagan futbolchi Eurico Cairesning oʻgʻlidir.
Yutuqlari
tahrirBenfica
- Taça de Portugal: 1995—1996
Manbalar
tahrir- ↑ Tovar, Rui Miguel. Almanaque do Benfica. Portugal: Lua de Papel, 2012 — 547-bet. ISBN 978-989-23-2087-8.
- ↑ „El Celta ridiculizó al Tenerife“ (Spanish). ABC (1997-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ „Bruno Caires“ (Spanish). Yo Jugué en el Celta (2008-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ „Sporting 2–2 Real Madrid“. UEFA.com (2000-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ „Bruno Caires“. FPF.pt. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.