La Liga
Primera Division (Birinchi divizion) — Ispaniyaning professional futbol ligasi (LFP), Primera va La Liga nomi bilan ham taniqlidir. La Liga dunyoning eng yaxshi ligalaridan biri deb hisoblanadi. Ligada 20 ta klub ishtirok etadi, so’nggi natijaga ko’ra, ohirgi o’rinlarni egallagan uchta klub Segunda Divisiónga tushib ketadi, aksincha Segunda Divisióndagi eng yuqori o’rinlarni egallagan uchta klub esa Primera Divisionga o’tadi.
La Liga | |
![]() | |
Davlat | Ispaniya |
---|---|
Konfed. | UEFA |
Reytingi | 2 o'rin |
Asos solingan sana | 1929 yil |
Klublar soni | 20 ta |
Bundan quyi chempionat | Segunda Division |
Milliy turniri | Copa del Rey |
Konfed. turnir | UEFA Chempionlar Ligasi |
Amaldagi chempion | [[Real Madrid Real Madrid F.c |
Eng koʻp yutgan | Real Madrid C.F. (35 titul) |
Sayt | lfp.es |
Birinchi va hozir ham amaldagi chempion Barselona hisoblanadi. Shu vaqtgacha La Ligada 59 ta klub o’ynagan, ulardan g’oliblar soni 9 ta bo’lgan. 1950 yildan boshlab yetakchi bo’lib, “Real Madrid” (35 ta chempionlik tituli) va “Barselona “ (26 ta chempionlik tituli) klublari kelmoqda. 1930 yildan 1940 yilgacha “Real Madrid” va “Barselona”lar bilan “Valensiya”, “Atletiko Madrid” va “Atletik Bilbao”lar ham raqobatlashayotgan edi, 1990-2000 yillarda esa yana o’sha “Valensiya” va “Deportivo”lar bilan g’oliblik uchun raqobatlashdilar.
2008/09 Yevrokuboklar mavsumiga ko’ra, La Liga UEFA milliy futbol assosiatsiyalari reytingi bo’yicha ikkinchi o’rinni egalladilar. 2005/06 mavsumda esa La Liga klublari “oltin dubl”ni qo’lga kiritdilar, Barselona Chempionlar Ligasi g’olibi bo’ldi, Sevilya esa UEFA Kubogini qo’lga kiritdi. Bungacha bir ligani o’zidan ikkita klub qo’lga kiritgan natijani 1996/97 yilgi mavsumda qayd etishgan edi.
TarixTahrirlash
Tashkil etilishiTahrirlash
Ispaniyada futbol ligasini tashkil etish g’oyasini birinchi marta 1927 yilda “Arenas” klubi direktori Xose Mariya Acha bergan. Liga kattaligi va klublarni qo’shilish mezonlari hususidagi uzoq bahslardan so’ng, 1928 yilda Qirollik futbol federatsiyasi liganing o’nta birinchi qatnashuvchilarni saralab oldi. Unga ko’ra, “Real Madrid”, “Barselona”, “Atletik Bilbao”, “Real Sosedad”, “Arenas Gecho” va “Real Union”lar Qirollik kubogida g’oliblikni kiritganligi uchun, “Atletik Madrid” (O’sha vaqtdagi “Atletiko Madrid”), “Espanyol” va “Europa”lar Qirollik kubogi final qatnashchilari bo’lganliklari uchun ligada qatnashish huquqini qo’lga kiritishdi. ‘’Racing” (Santander) esa ligadagi o’z o’rnini o’tish turnirida g’olib bo’lgani uchun egalladi. 2010/11 mavsumi yakunlangandagi holatiga ko’ra, shu vaqtgacha faqatgina “Real Madrid”, “Barselona” va “Atletik Madrid”lar quyi divizionga tushib ketmaganlar.
1930-yillarTahrirlash
Birinchi chempionlikni “Barselona” qo’lga kiritishiga, 1932 va 1933 yillarda “Real Madrid” g’alaba qozonishiga qaramasdan birinchi yillarda Ispaniya futboli lideri “Atletik Bilbao” hisoblanardi. U 1930, 1931, 1934 va 1936 yillarda birinchi o’rinni, 1932, 1933 yillarda ikkinchi o’rinni egalladi. 1935 yilda esa birinchi marotaba (hozirgacha bir marotaba) u vaqtlarda “Betis Balompiye” deb nomlangan “Real Betis” chempionlikni qo’lga kiritdi. Liga o’yinlari Ispaniyadagi fuqarolar urushi sababli to’xtatildi. Lekin respublika territoriyasidagi klublar (ikkita Madrid klublaridan tashqari) O’rtayer dengizi ligasi o’tkazishdi va 1937 yilgi chempionatda “Barselona” chempion bo’ldi.
1940 yillarTahrirlash
Liga qayta tashkil etilgandan so’ng, boshlanishida kuchli jamoalar deb “Atletiko Aviacion”, “Valensiya” va “Sevilya”lar e’tirof etilgan. “Atletiko Aviacion” (“Atletiko Madrid” klubining o’sha vaqtdagi nomi) esa urush vaqtida stadioni buzilib ketgan “Real Ovedo” klubi o’rniga 1939/40 mavsumida qatnashish huquqini qo’lga kiritdi. Madridliklar o’sha mavsumni o’zidayoq g’alabani qo’lga kiritishdi, hamda 1941 yilda ham o’z mavqeini saqlab qoldi. Boshqa klublar mamlakatni tark etganliklari, qatl etilganliklari va urushda o’lganliklari sababli ko’p o’yinchilarni yo’qotishdi, lekin “Atletiko”, qaytaga, kuchaydi, bunga asosiy sabablardan biri Saragosaning “Aviason Nasional” klubi bilan qo’shilishi edi. Urushdan oldingi “Valensiya”ning yosh tarkibi ham saqlanib qolindi va urushdan keyingi yillarda muvaffaqqiyatlarga erishib, 1942, 1944 va 1947 yillarda g’oliblik titulini qo’lga kiritdi va 1948 va 1949 yillarda ikkinchi o’rinni egallashga muvaffaq bo’lindi. “Sevilya” ham ko’tarilishni boshdan kechirib, 1940 va 1942 yillarda ikkinchi o’rinni egallashga va hozirgacha yagona hisoblangan chempionlik titulini 1946 yili qo’lga kiritdi. O’n yillikning oxirida, 1945, 1948 va 1949 yillarda g’olib bo’lgan “Barselona” esa sekin-asta liderlikni o’z qo’liga ola boshladi.
Di Stefano, Pushkash, Kubala va SuaresTahrirlash
Garchi 1950 va 1951 yillarda Elenio Errera boshchiligidagi “Atletiko Madrid” (qaytadan nomini o’zgartirgan) chempionlikni qo’lga kiritgan bo’lsa-da, 1950 yillar “Real” va “Barselona”lar hukmronligi boshlanishi edi. 1930, 1940 va 1950 yillarda xorijiy o’yinchilarga jiddiy cheklov mavjud edi. Ko’p hollarda jamoalar faqatgina uchta xorijiy o’yinchilarni o’yinga tushirishar edi. Lekin 1950 yillarda “Real” va “Barselona” qoidani chetlab o’tish imkoniyatini Alfredo Di Stefano, Ferensts Pushkash va Ladislao Kubalularni o’z fuqaroliklariga qabul qilish orqali amalga oshirishdi. Kubaluning ruhlantiruvchi o’yinidan so’ng, “Barselona” 1952 va 1953 yillarda musobaqa g’olibi bo’lishga erishdi. Di Stefano, Pushkash va Fransisko Xentolar 1950-yillarning ikkinchi yarmida yetakchilikni qo’lga olgan “Real Madrid” tarkibining asosiylaridan edilar. “Real” 1954, 1955, 1957 va 1958 yillarda ligani yutishga muvaffaq bo’ldi. 1956 yilda esa g’oliblik “Atletiko Madrid”ga nasib etdi. “Barselona” Elenio Errera boshchiligida va tarkibdagi Luis Suareslar sa’y-harakati bilan 1959 va 1960 yillarda g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Madrid yetakchiligiTahrirlash
1961 va 1980 yillar oralig’ida Primera yetakchisi deb “Real Madrid” deb e’tirof etildi. Shu vaqt mobaynida jamoa 14 marta, shu jumladan, 1961 va 1965 yillarda ketma-ket besh marta va ikki marotaba ketma-ket uch marta (1967-1969 va 1978-180 yillar) ligada tengsizligini isbotladi. Bu davr mobaynida faqatgina “Atletiko Madrid” “Real Madrid” uchun raqobatchilik qila oldi va to’rt marta g’olib bo’ldi (1966, 1970, 1973 va 1977 yillar). Yana ikki titul 1971 yili “Valensiya”ga va 1974 yilda tarkibida Yoxan Kruyf o’ynaydigan “Barselona”ga nasib etdi.
1980 yillarTahrirlash
Madridning ikki jamoasi yetakchiligini nihoyat vaqtincha Bosqon avtonom davlati jamoalari to’xtatishga erishdilar. “Real Sosedad” 1981 va 1982 yillarda, “Atletik Bilbao” 1983 va 1984 yillarda titulni qo’lga kiritdilar. Terri Veneybls “Barselona” yana bir titulni 1985 yilda qo’lga kiritishda katta yordam berdi. Bundan keyin “Real Madrid” Leo Benhakker boshchiligida ketma-ket yana besh marotaba (1986-1990) g’oliblikni qo’lga kiritdi. O’sha vaqtlarda madridliklar tarkibida Ugo Sanches, Emilio Butragueno, Manuel Sanchez, Martin Vaskes, Michel va Migel Pardesalar to’p surar edilar.
1990 yillarTahrirlash
Yoxan Kruyf 1988 yilda “Barselona”ga murabbiy sifatida qaytib, afsonaviy “orzu jamoasi”ni yig’di. Tarkibda Josep Guardiola, Xose Mari Bakero, Chiki Begiristayn, Goykoechea, Ronald Kuman, Mikael Laudrup va Xristo Stoichkovlar jamlanishgan edi. Bu jamoa musobaqani ketma-ket to’rt marta (1991 – 1994) qo’lga kiritdilar va 1992 yilda Chempionlar Kubogini qo’lga kiritdi. Kruyf bn Laudrup o’rtasidagi kelishmovchilikdan keyin Laudrup “Barselona”ning asosiy raqibi “Real Madrid” tarkibiga o’tib ketib, “Barselona”ning g’alabalik yurishlarini to’xtatishga katta yordam berdi va “Real Madrid” bilan 1995 yilda g’olib deb e’lon qilindi. Shundan so’ng, 1996 yilda serblik Radomir Antich boshchiligida “Atletiko Madrid” g’olib bo’ldi va 1997 yili yana “Real Madrid” barchadan ustun keldi. Kruyf muvaffaqqiyatlaridan keyin Kamp Nouga yana bir gollandiyalik mutaxassis Lui Van Gal keldi va u tarkibni Luish Figo, Luis Enrike va Rivaldolar bilan to’ldirib, “Barselona”ni 1998 va 1999 yillarda g’oliblikka yetaklab bordi.
Yangi mingyillikTahrirlash
Yangi mingyillikda “Real Madrid” va “Barselona” yana bir raqobatchi bilan to’qnash keldilar. 1993 yildan 2004 yilgacha “Deportivo La-Korunya” chempionatni sovrinli uchta o’rin bilan 10 marta yakunladi. 2000 yili Havyer Irureta boshchiligida “Depor” liga tarixidagi to’qqizinchi musobaqa g’olibi bo’ldi. “Real Madrid” 2001 va 2003 yillarda g’oliblikni qo’lga kiritdi, lekin o’sha vaqtda eng katta raqobatchi Ektor Kuper boshchiligidagi, 2000 va 2001 yillarda Chempionlar Ligasi finaligacha chiqishga muvaffaq bo’lgan “Valensiya” edi. Ektor Kuperdan keyin klubni Rafael Benitez boshqara boshladi va 2002 yilda klubni chempion qildi, Chempionlar Ligasi va UEFA Kubogini 2004 yilda qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Ronaldinyo o’yinlaridan ruxlangan “Barselona” esa 2005 va 2006 (ikkinchi mavsumda Chempionlari Ligasi ham) yillarda muvaffaqqiyat qozondi. Bir vaqtni o’zida “Sevilya” klubi ham muvaffaqqiyat qozona boshladi. Milliy ligani yuta olmagan bo’lsada, lekin ketma-ket ikki marotaba (2005/06, 2006/07) UEFA kubogini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Lekin oxirgi o’ng yillikda “Real” yo’qotilgan o’z o’rnini qaytarishga jiddiy kirishdi va 2007 va 2008 yilda tengsiz deb topildi. Madridliklarning asosiy raqobatchilari ham orqada qolmadilar. “Barselona” 2009 yilda raqiblarini ancha qoldirib va hatto “Real”ni “Santiago Bernabeu”da 6:2 hisobida yutgan holda g’oliblik qo’lga kiritdi. 2009/10 mavsumda “Real” va “Barsa” raqobatchiligi shunchalik avjiga chiqdiki, hatto 96 ochko yig’gan “Real” uchun bu ochkolar g’oliblik uchun yetmadi, chunki “Barselona” u vaqtda 99 ochko yig’gan edi. O’sha mavsumda “Barselona” faqatgina bir marotaba “Atletiko Madrid”ga 2:1 hisobiga yutqizgan edi.
2011/12 mavsumda "Real Madrid" Jose Mourinho qo'l ostida 32-marta Ispaniya chempioni bo'lishga erishdi. Shuningdek, ular yig'ilgan ochko va urilgan gollar rekordini yangilashga, ya'ni, bir mavsumda 100 ochko va 121 ta gol urishga erishdilar. 2012/13 mavsumida esa "Barselona" o'tgan yilgi rekord 100 ochkoni takrorlab, La Liga g'olibi bo'lishga muvaffaq bo'ldi.
Futbol bo’yicha Ispaniya g’oliblariTahrirlash
Madridning “Real”i va “Barselona”lar Ispaniya chempionatining eng yaxshi natijali jamoalari hisoblanadi. 2022 yilgi holatga ko’ra, bu ikki jamoa umumiy hisobda 61 marta g’olib bo’lganlar: 35 marta “Real” va 26 marta “Barselona”. “Atletik Bilbao” va “Barselona” besh marotaba “oltin dubl” (bir mavsumda ham chempionat, ham kubokni qo’lga kiritganlar) qilishga muvaffaq bo’lganlar. “Barselona” – ispan klublari orasida “oltin xet-trik” (liga chempioni, kubok sohibi va UEFA Chempionlari Ligasi g’olibi)ga erishgan yagona jamoa hisoblanadi.
O’ziga xos mukofotlarTahrirlash
Primerada futbolchilarga topshiriladigan juda ko’plab o’ziga xos, shaxsiy mukofotlari mavjud. Ulardan asosiylaridan biri “Pichichi mukofoti” (yoki shunchaki Pichichi) – ligada mavsumda eng ko’p gol urgan futbolchiga topshiriladi yoki “Zamora mukofoti” – eng yaxshi darvozabonlarga beriladi (darvozabonlarga o’rtacha o’yin davomida eng kam go’l o’tkazganiga qarab beriladi). Ikkala mukofot ham Ispaniyadagi eng yirik sport gazetasi hisoblanmish Marca tomonidan topshiriladi.
2008 yildan yana bir yangi mukofot topshirilishi boshlandi. Bu - "Di Stefano mukofoti". U Primeradagi eng yaxshi o'yinchiga topshiriladi. Bu mukofot Marca gazetasi o'quvchilari bilan har hafta o'tkaziladigan so'rovnoma orqali tanlovni yakuniy bosqichiga chiqiladi, keyin yetakchi futbol mutaxassislari ularni orasidan eng yaxshi o'yinchi deb topishgan futbolchiga mukofotni topshiradilar.
G'oliblarTahrirlash
Yillar bo'yichaTahrirlash
Yil | G’olib | Ikkinchi o’rin | Uchinchi o’rin |
---|---|---|---|
1929 | Barselona | Real Madrid | Atletik Bilbao |
1929/30 | Atletik Bilbao | Barselona | Arenas Gecho |
1930/31 | Atletik Bilbao | Rasing Santander | Real Sosedad |
1931/32 | Real Madrid | Atletik Bilbao | Barselona |
1932/33 | Real Madrid | Atletik Bilbao | Espanyol |
1933/34 | Atletik Bilbao | Real Madrid | Rasing Santander |
1934/35 | Betis Balompi | Real Madrid | Ovedo |
1935/36 | Atletik Bilbao | Real Madrid | Ovedo |
1936/39 | Fuqarolik urushi oqibatida musobaqa o’tkazilmadi | ||
1939/40 | Atletiko Aviason | Sevilya | Atletik Bilbao |
1940/41 | Atletiko Aviason | Atletik Bilbao | Valensiya |
1941/42 | Valensiya | Real Madrid | Atletiko Aviason |
1942/43 | Atletik Bilbao | Sevilya | Barselona |
1943/44 | Valensiya | Atletiko Aviason | Sevilya |
1944/45 | Barselona | Real Madrid | Atletiko Aviason |
1945/46 | Sevilya | Barselona | Atletik Bilbao |
1946/47 | Valensiya | Atletik Bilbao | Atletiko Aviason |
1947/48 | Barselona | Valensiya | Atletiko Madrid |
1948/49 | Barselona | Valensiya | Real Madrid |
1949/50 | Atletiko Madrid | Deportivo La Korunya | Valensiya |
1950/51 | Atletiko Madrid | Sevilya | Valensiya |
1951/52 | Barselona | Atletik Bilbao | Real Madrid |
1952/53 | Barselona | Valensiya | Real Madrid |
1953/54 | Real Madrid | Barselona | Valensiya |
1954/55 | Real Madrid | Barselona | Atletik Bilbao |
1955/56 | Atletik Bilbao | Barselona | Real Madrid |
1956/57 | Real Madrid | Sevilya | Barselona |
1957/58 | Real Madrid | Atletiko Madrid | Barselona |
1958/59 | Barselona | Real Madrid | Atletik Bilbao |
1959/60 | Barselona | Real Madrid | Atletik Bilbao |
1960/61 | Real Madrid | Atletiko Madrid | Barselona |
1961/62 | Real Madrid | Barselona | Atletiko Madrid |
1962/63 | Real Madrid | Atletiko Madrid | Real Ovedo |
1963/64 | Real Madrid | Barselona | Real Betis |
1964/65 | Real Madrid | Atletiko Madrid | Real Zaragoza |
1965/66 | Atletiko Madrid | Real Madrid | Barselona |
1966/67 | Real Madrid | Barselona | Espanyol |
1967/68 | Real Madrid | Barselona | Las Palmas |
1968/69 | Real Madrid | Las Palmas | Barselona |
1969/70 | Atletiko Madrid | Atletik Bilbao | Sevilya |
1970/71 | Valensiya | Barselona | Atletiko Madrid |
1971/72 | Real Madrid | Valensiya | Barselona |
1972/73 | Atletiko Madrid | Barselona | Espanyol |
1973/74 | Barselona | Atletiko Madrid | Real Zaragoza |
1974/75 | Real Madrid | Real Zaragoza | Barselona |
1975/76 | Real Madrid | Barselona | Atletiko Madrid |
1976/77 | Atletiko Madrid | Barselona | Atletik Bilbao |
1977/78 | Real Madrid | Barselona | Atletik Bilbao |
1978/79 | Real Madrid | Sportin Xixon | Atletiko Madrid |
1979/80 | Real Madrid | Real Sosedad | Sportin Xixon |
1980/81 | Real Sosedad | Real Madrid | Atletiko Madrid |
1981/82 | Real Sosedad | Barselona | Real Madrid |
1982/83 | Atletik Bilbao | Real Madrid | Atletiko Madrid |
1983/84 | Atletik Bilbao | Real Madrid | Barselona |
1984/85 | Barselona | Atletiko Madrid | Atletik Bilbao |
1985/86 | Real Madrid | Barselona | Atletik Bilbao |
1986/87 | Real Madrid | Barselona | Espanyol |
1987/88 | Real Madrid | Real Sosedad | Atletiko Madrid |
1988/89 | Real Madrid | Barselona | Valensiya |
1989/90 | Real Madrid | Valensiya | Barselona |
1990/91 | Barselona | Atletiko Madrid | Real Madrid |
1991/92 | Barselona | Real Madrid | Atletiko Madrid |
1992/93 | Barselona | Real Madrid | Deportivo La Korunya |
1993/94 | Barselona | Deportivo La Korunya | Real Zaragoza |
1994/95 | Real Madrid | Deportivo La Korunya | Real Betis |
1995/96 | Atletiko Madrid | Valensiya | Barselona |
1996/97 | Real Madrid | Barselona | Deportivo La Korunya |
1997/98 | Barselona | Atletik Bilbao | Real Sosedad |
1998/99 | Barselona | Real Madrid | Malyorka |
1999/00 | Deportivo La Korunya | Barselona | Valensiya |
2000/01 | Real Madrid | Deportivo La Korunya | Malyorka |
2001/02 | Valensiya | Deportivo La Korunya | Real Madrid |
2002/03 | Real Madrid | Real Sosedad | Deportivo La Korunya |
2003/04 | Valensiya | Barselona | Deportivo La Korunya |
2004/05 | Barselona | Real Madrid | Villareal |
2005/06 | Barselona | Real Madrid | Valensiya |
2006/07 | Real Madrid | Barselona | Sevilya |
2007/08 | Real Madrid | Villareal | Barselona |
2008/09 | Barselona | Real Madrid | Sevilya |
2009/10 | Barselona | Real Madrid | Valensiya |
2010/11 | Barselona | Real Madrid | Valensiya |
2011/12 | Real Madrid | Barselona | Valensiya |
2012/13 | Barselona | Real Madrid | Atletiko Madrid |
2013/14 | Atletiko Madrid | [[Barselona_(futbol_klubi)|Barselona | Real Madrid |
2014/15 | Barselona | Real Madrid | Atletiko Madrid |
2015/16 | Barselona | Real Madrid | Atletiko Madrid |
2016/17 | Real Madrid | Barselona | Atletiko Madrid |
Jamoa bo'yichaTahrirlash
Jamoa | G'olib | Ikkinchi o'rin | G'oliblik yili |
---|---|---|---|
Real Madrid | 1931/32, 1932/33, 1953/54, 1954/55, 1956/57, 1957/58, 1960/61, 1961/62, 1962/63, 1963/64, 1964/65, 1966/67, 1967/68, 1968/69, 1971/72, 1974/75, 1975/76, 1977/78, 1978/79, 1979/80, 1985/86, 1986/87, 1987/88, 1988/89, 1989/90, 1994/95, 1996/97, 2000/01, 2002/03, 2006/07, 2007/08, 2011/2012, 2016/17 | ||
Barselona | 1929, 1944/45, 1947/48, 1948/49, 1951/52, 1952/53, 1958/59, 1959/60, 1973/74, 1984/85, 1990/91, 1991/92, 1992/93, 1993/94, 1997/98, 1998/99, 2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/13, 2014/15, 2015/16 | ||
Atletiko Madrid | 1939/40, 1940/41, 1949/50, 1950/51, 1965/66, 1969/70, 1972/73, 1976/77, 1995/96, 2013/14 | ||
Atletik Bilbao | 1929/30, 1930/31, 1933/34, 1935/36, 1942/43, 1955/56, 1982/83, 1983/84 | ||
Valensiya | 1941/42, 1943/44, 1946/47, 1970/71, 2001/02, 2003/04 | ||
Real Sosedad | 1980/81, 1981/82 | ||
Deportivo | 1999/00 | ||
Sevilya | 1945/46 | ||
Real Betis | 1934/35 |
HavolalarTahrirlash
Federatsiyaning rasmiy sayti (isp.)
Rasmiy sayt (isp.)
Statistika (ingl.)