Bruno Senna
Bruno Senna Lalli (portugalcha talaffuzi: brunu ˈsenɐ, 1983-yil 15-oktyabrda tug‘ilgan) — braziliyalik professional poygachi. U „Formula-1“ boʻyicha uch karra jahon chempioni marhum Ayrton Sennaning jiyani hisoblanadi. Senna Lalli har bir WEC toifasidagi poygadalarda gʻolib chiqqan. 2017-yilgi WEC jahon chempionatida LMP2 klassidagi avtomobili bilan birinchilikni egallagan.
Bruno Senna | |
---|---|
Senna 2011-yilgi Kanada Grand Prixda | |
Millati | brazilyalik |
Tugʻilgan joyi |
Bruno Senna Lalli 15-oktyabr 1983-yil San-Paulu, Braziliya |
Bogʻliq bgʻlgan | Ayrton Senna (amakisi) |
Musobaqalarda faoliyati | |
Debyut mavsumi | 2014-15 |
Startlar | 21 |
Chempionatlar | 0 |
Gʻalabalar | 0 |
Unvonlar | 1 |
Pole pozitsiyasi | 0 |
Tez aylanishlar | 1 |
Eng yaxshi finish | 10 2014-15 |
Oxirgi mavsum | 11 |
Faoliyati
tahrirBruno Senna 2010-yildan 2012 yilgacha Formula 1da qatnashgan. U Hispania Racing jamoasi safida ilk debyutini amalga oshirgan ((2010-yil). 2011-yil avgust oyidan Nick Heidfeldning oʻrniga Renault jamoasi uchun poygalarda ishtirok etgan. 2012-yilda Williams jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2014-yildan 2016-yilgacha kichik musobaqalarda qatnashgan. Navbatdagi mavsumda Mahindra Racing jamoasi tarkibida Formula E boʻyicha musobaqalarda ishtiok etdi. Uning onasi Ayrtonning katta opasi Viviane edi. Uning otasi Flavio Lalli 1996-yilda mototsikl halokatida vafot etgan. Bruno shlemining rang sxemasi uning amakisi Ayrton ishlatgan rang sxemasining biroz oʻzgartirilgan versiyasidir[1][2].
2012-yil 15-iyulda Senna Italiyaning Brisigella shahrida Lorenzo Bandini kubogini qo‘lga kiritdi, u mukofotni qo‘lga kiritgan 19-chi haydovchi bo‘ldi.
GP2 Series (2007-2008)
tahrir2006-yil oktyabr oyida Senna keyingi mavsumlardan boshlab Formula 1 poygalarida ishtirok etishini eʼlon qildi. U 2007-yilgi GP2 Series poygasida Red Bull homiyligidagi Arden International jamoasida ishtirok etgan. U Bahrayndagi debyutida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Ispaniyadagi bir qancha poygalarda birinchilikni qoʻlga kiritdi. Monakodagi yakkalik poygalarda Senna shinalar muammosi tufayli kurashni davom ettira olmadi va poygadan chiqdi[3].
HRT (2010)
tahrir2009-yil 30-oktabrda Senna Formula-1 poygalarida ishtirok etuvchi jamoa bilan shartnoma imzoladi. Senna vujudga kelgan muammolarga qaramay jamoada qoldi[4].
Shaxsiy hayoti
tahrirSenna 2011-yilda vengriyalik teleboshlovchi va aktrisa Ramona Kiss bilan oila qurgan.
Natijalar
tahrirGP2 Asia Series
tahrirYil | Jamoa | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | DS | Ball |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2008 | iSport International | DUB1 FEA 2 |
DUB1 SPR 19 |
SEN FEA 7 |
SEN SPR 2 |
SEP FEA Ish/etmadi |
SEP SPR 8 |
BHR FEA 4 |
BHR SPR Ish/etmadi |
DUB2 FEA DSQ |
DUB2 SPR 11 |
5 | 23 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Bruno Senna to race for Lotus Renault GP“. Lotus Renault GP. Renault F1 (2011-yil 24-avgust). 2011-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-avgust.
- ↑ Buxton, Will (2010). "Bruno Senna on Ayrton's Farm in Brazil". F1 Racing (Haymarket Media Group) 169 (March 2010): 112–116.
- ↑ „Senna targets F1 for 2009“. Manipe F1 (2006-yil 30-oktyabr). 2007-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 7-fevral.
- ↑ Noble, Jonathan. „Chandhok announced as HRT driver“. autosport.com. Haymarket Publications (2010-yil 4-mart). Qaraldi: 2010-yil 4-mart.