Brusit
Brusit (amerikalik mineralog A. Brus nomidan) — gidroksidlar kichik sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi Mg(OH)2. Magniy qisman Gʻeg+ yoki Mp2+ (ferro va manganobrusitlar) bilan almashishi mumkin. Trigonal sistemada kristallanadi, rangi oq, yashil, koʻk va qoʻngʻir (kamdankam havorang). Gugurt qutisisimon, ignasimon kristallar va varaqsimon, tolasimon agregatlar. Qatgiqligi 2,5; s. ogʻ. 2,4. Tolasimon B. nemalit deb ataladi. Metamorfizmga uchragan ohaktoshlar va dolomitlar tarkibidagi periklazni oʻzgarishidan vujudga keladi. Serpentinit massivlari va marmarlashgan dolomit va ohaktoshlarda uchraydi. Magniy olish uchun xom ashyo, keramika va qogʻoz sanoatida, oʻtga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Rossiya Federatsiyasi (Ural, Kavkaz, Sibir), Qozogʻiston, AQSH, Kanada, Italiya va boshqa joylarda konlari topilgan. Oʻzbekistonda Olmaliq, Kumushkon, Surenota, Zirabuloq, Quljuqtov, Sulton Uvays togʻlarida uchraydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |