Bryan Guy Adams (1959-yil 5-noyabrda Kingston, Kanadada tavallud topgan) - Kanada rok qoʻshiqchi-yozuvchi, musiqachi, gitarist va suratchisi. U shou biznesdagi karyerasini 1976-yilda rok guruhi tarkibida boshlaydi. Uning ilk albomi 1980-yilda sotuvga chiqariladi. Bryan Adams filmlar uchun yozgan qoʻshiqlari uchun 3 marotaba Academy Awards nomzodi boʻlgan.

Bryan Adams
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 5-noyabr 1959-yil (1959-11-05) (62 yosh)
Fuqaroligi Kanada[1][2]
Janr Arena Rock, Soft rock, Hard Rock, Album Oriented Rock, Pop Rock.
Sayt www.bryanadams.com

Shaxsiy hayotiTahrirlash

Bryan Adams Kanadaning Kingston shahrida ingliz oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi diplomat boʻlgani sababli, oila koʻplab davlatlarda: Angliya, Isroil, Fransiya, Portugaliya va Avstriya da bo'ladi. Adamslar oilasi Vankuverda qolganlarida Bryan o'zining musiqa karyerasini boshlaydi. Bu paytda u 15 yoshda edi.

Hozirda Bryan Angliyada yashamoqda. Ilgari u Fransiyada istiqomat qilardi va fransuzchada soʻzlashardi. Bryan, shuningdek, "Chelsi" futbol jamoasini qoʻllab-quvvatlaydi. Uning «18 Til I Die» nomli albomidagi «Weʼre Gonna Win» qoʻshigʻi ham shu jamoa haqidadir.

Vankuverda Bryan «The Warehouse Studio» deb nomlangan oʻz ovoz yozish studiyasini ochadi.

Erishilgan yutuqlarTahrirlash

Bryan Adamsning «(Everything I Do) I Do It for You» nomli musiqiy kompozitsiyasi "Robin Gud: O'g'rilar shahzodasi" filmida, «All for Love» - "Uch mushketyorlar" filmida, «Have You Ever Really Loved a Woman?» - "Don juan de Marko" filmida soundtrek sifatida ishlatilgan. Bu qoʻshiqlarning barchasi AQSH hit-paradlarining yuqori oʻrinlarini egallagan. «(Everything I Do) I Do It for You» qoʻshigʻi esa Angliya hit-paradlarida 16 hafta turib, hozirgi kungacha zabt etilmagan rekord oʻrnatgan. Umuman olganda, Bryan Adamsning qoʻshiqlari 42 ta badiiy filmlarda yangragan.

1990-yilning ikkinchi yarmida Adamsning mashhurlik koʻrsatkichi biroz pasayadi. Oʻsha yillarda yozilgan Bryanning asosiy hit qoʻshiqlari boshqa qoʻshiqchilar bilan birga ijro etilgan edi: Barbra Streisand («I Finally Found Someone»), Spice Girls guruhidagi Melanie C («When You’re Gone»), Chicane («Don’t Give Up»).

2002-yilda Adams Andrey Konchalobskiyning "Telbalar uyi" nomli filmida oʻziga yaqin boʻlgan inson rolini oʻynadi.

ManbalarTahrirlash