Bryan Mbeumo (1999-yil 7-avgustda tugʻilgan) — professional futbolchi, Premyer-liganing „Brentford“ jamoasi va Kamerun milliy terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Bryan Mbeumo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bryan Mbeumo[1]
Tavallud sanasi 7-avgust 1999-yil (1999-08-07) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Avallon, Fransiya
Boʻyi 1.71 m[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005-2011 CO Avallonais
2011-2012 Bourgoin-Jallieu
2012-2013 CO Avallonais
2013-2016 Troyes
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2018 Troyes II 33 (14)
2018-2019 Troyes 41 (11)
2019- Brentford 128 (29)
Milliy terma jamoa
2015 Fransiya U17 1 (0)
2018-2019 Fransiya U20 3 (0)
2019-2020 Fransiya U21 6 (1)
2022- Kamerun 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-sentyabr uchun)

Mbeumo Troyes AC akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlib, oʻzining katta faoliyatini ushbu klubda boshlagan. U 2019-yilda Brentford klubiga oʻtadi va 2021-yilda jamoasi bilan Premyer-liga darajasiga koʻtariladi. Mbeumo Fransiya yoshlari terma jamoasida xalqaro oʻyinlarda ishtirok etgan va 2022-yilga kelib Kamerun terma jamoasi safiga qoʻshilgan.

Klublardagi faoliyati tahrir

Troyes AC tahrir

Mbeumo 14 yoshida „Troyes“ jamoasiga faoliyatini boshlaydi va 2016-17-yilgi mavsumni klubning zaxira oʻrindigʻida yakunlaydi[4]. U Troyes U19 jamoasining tarkibida oʻynagan va 2018-yil Kupe Gambardella gʻolibi boʻlgan. Ushbu jamoa safida Stade de Fransdagi finalda ikki marta gol urgan[5]. Mbeumo klubdagi debyutini 2018-yil 17-fevralda Liga 1 jamoasi FC Metz ustidan g‘alaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazgan va 2017-18-yilgi mavsumda yana uchta o‘yinda maydonga tushgan[5]. 2018-19-yilgi mavsumda esa 40 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urishga erishadi[2]. Ushbu mavsumda u jamoasi bilan Liga 2 pley-off yarim finalida mag‘lubiyatga uchraydi[5]. U 2019-yilning avgust oyiga qadar 46 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan holda klubni tark etadi[2][4].

Brentford tahrir

2019-yilning 5-avgustida Mbeumo Angliyaga ko‘chib o‘tadi va Chempionship klubi Brentford bilan besh yillik rekord darajadagi 5,8 million funt sterling evaziga shartnoma imzolaydi[4][6]. U 2019-20-yilgi mavsumda 47 o‘yin o‘tkazib,16 ta gol uradi[7][8]. Mbeumoning oʻyinlari London Football Awards 2020 da EFLda yilning eng yaxshi futbolchisi va yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi nominatsiyasi bilan eʼtirof etiladi[7][9]. Mbeumoning gollari soni COVID-19 taʼsiri ostida boʻlgan 2020-21-yilgi mavsum davomida pasayib ketadi[10]. Mbeumo Brentfordning 2021-yilgi chempionat pley-off finaliga qadar 2020-21-yilgi mavsum davomida 49 oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol uradi[11][12] va jamoasi bilan final oʻyinidan gʻalaba qozonadi.

2022/23-yilgi mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinlarida Mbeumo 3-4-3 sxemasi asosida qanot himoyachisi sifatida maydonga tushib, ushbu pozitsiyada oʻzining koʻp qirrali ekanligini isbotladi[13].

Xalqaro faoliyati tahrir

 
Mbeumo 2019-yilda Fransiya U20 terma jamoasi safida.

Mbeumo U17, U20 va U21 toifalaridagi Fransiya terma jamoasi safida maydonga tushib, 10ta o‘yinda g‘alaba qozongan va bitta gol urgan. 2022-yil avgust oyida Mbeumo Kamerun terma jamoasiga oʻtganini eʼlon qiladi va 2022-yil sentyabr oyi oxirida oʻrtoqlik oʻyinlari uchun birinchi chaqiruvni qoʻlga kiritadi[14][15]. U O‘zbekiston va Janubiy Koreyaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushgan[16].

Shaxsiy hayoti tahrir

Mbeumoning otasi kamerunlik[5][14]. 2020-yil iyun oyida u COVID-19 kasalligiga chalinadi va bitta oʻyinni oʻtkazib yuboradi[17][18].

Faoliyatining statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Troyes II 2016-17 CFA 2 12 5 12 5
2017-18[2] Milliy 3 21 9 21 9
Jami 33 14 33 14
Troyes 2017-18[2] Liga 1 4 0 0 0 0 0 4 0
2018-19[2] Liga 2 35 10 1 0 3 1 1 0 40 11
2019-20[2] Liga 2 2 1 2 1
Jami 41 11 1 0 3 1 1 0 46 12
Brentford 2019-20[7] Chempionship 42 15 1 0 1 0 3 1 47 16
2020-21[11] Chempionship 44 8 0 0 2 0 3 0 49 8
2021-22[19] Premyer-Liga 35 4 1 3 2 1 38 8
2022-23[20] Premyer-Liga 7 2 0 0 0 0 7 2
Jami 128 29 2 3 5 1 6 1 141 34
Jami 202 54 3 3 8 2 7 1 220 60

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Kamerun 2022 2 0
Jami 2 0

Yutuqlari tahrir

Brentford

  • EFL chempionati pley-off bosqichi : 2021[12]

Manbalar tahrir

  1. „Notification Of Shirt Numbers : Brentford“. Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Bryan Mbeumo Soccerway saytida. Qaralgan sana: 5 August 2019.
  3. „Bryan Mbeumo“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Brentford sign Bryan Mbeumo from Troyes“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2019-yil 5-avgust.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Get to Know: Bryan Mbeumo“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
  6. „Brentford close on Premier League dream – just don't call it 'Moneyball'“. ESPN (2020-yil 24-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Games played by Bryan Mbeumo in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 5-avgust.
  8. „Brentford 1 Fulham 2“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2020-yil 4-avgust.
  9. „Bees up for London Football Awards prizes“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.
  10. „Thomas, Ivan, and Bryan shortlisted for London Football Awards“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2021-yil 22-mart.
  11. 11,0 11,1 „Games played by Bryan Mbeumo in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 Vincent, Gareth. „Brentford 2–0 Swansea City“. BBC Sport (2021-yil 29-may). Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  13. Harris. „Replacing Eriksen, tactical flexibility and new faces – lessons from pre-season“. The Athletic. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  14. 14,0 14,1 „Bryan's World Cup dream“. www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  15. „Mbeumo receives Cameroon call-up“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
  16. Bryan Mbeumo at National-Football-Teams.com
  17. „Bryan Mbeumo: Brentford forward tests positive for coronavirus“. Sky Sports. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  18. Fisher, Ben. „Brentford sink West Brom to turn up heat in Championship promotion race“. The Guardian (2020-yil 26-iyun). Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  19. „Games played by Bryan Mbeumo in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  20. „Games played by Bryan Mbeumo in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.