Bryce Davison (talaffuzi: Brays Devison; 1986-yil 29-yanvarda Walnut Creek, Kaliforniyada tugʻilgan) — Amerika va Kanada vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Jessica Dubé bilan birga 2008-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sohibi, 2009-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatining kumush medali sovrindori va uch karra Kanada milliy chempioni (2007, 2009, 2010) boʻlgan. Juftlik 2006 va 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Kanadani himoya qilgan.

Bryce Davison
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Bryce Davison
Davlat Kanada bayrogʻi Kanada
Tavalludi 29-yanvar 1986-yil (1986-01-29) (38 yosh)
Walnut Creek, California
Boʻyi 1.77 m (5 ft 10 in)
Oldingi sheriklari Jessica Dubé
Murabbiyi Annie Barabé
Sophie Richard
David Pelletier
Oldingi murabbiylari Yvan Desjardins
Jamoasi Hamilton SC
Yakunlagan 2011
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 68.66
Erkin dastur 124.12

Faoliyati

tahrir

Bryce Davison 2003-yil iyul oyida Dubé bilan birga juftlik hosil qilgan. Juftlik 2006-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarida 10-o‘rinni, o‘sha mavsumda Jahon chempionatida ishtirok etib, 7-o‘rinni egallagan[1].

Dubé va Davison 2007 — 2008-yilda ajoyib mavsumni oʻtkazishgan. Juftlik oʻzlarining birinchi Gran-pri medallarini, shu jumladan 2007 Skate America turnirida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2008-yilgi Kanada chempionatida Anabelle Langlois va Cody Hay juftligiga milliy chempionlikni boy berishgan, ammo ikki oy oʻtgach, Jahon chempionatida uzoq dasturda ikkinchi oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritgan[2].

Dube va Davison 2009-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan birinchi World Team Trophy musobaqasida Kanada jamoasining bir qismi sifatida ishtirok etishgan. 2009 — 2010-yilgi Olimpiya mavsumida juftlik Gran-prining ikkala musobaqasida ham medallar qoʻlga kiritgan, ammo Gran-pri finaliga yoʻllanma ololmagan. Juftlik Olimpiada va Jahon chempionatlarida oltinchi o‘rinni egallagan[3].

Davison tizzasidan jarohat olganidan keyin Dubé va Davison juftligi 2010 Skate Canada International musobaqasini tark etgan. Davison suyagining singan qismini qayta tiklash uchun mavsum yakunida operatsiya qilingan.

Dasturlari

tahrir

Dubé bilan

tahrir
Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2009—2010

  • Requiem For a Dream

    Clint Mansell
  • The Way We Were

    Marvin Hamlisch
2008—2009

2007—2008

  • Galicia Flamenca

    Gino D’Auri
  • The Blower’s Daughter

    Damien Rice
2006—2007

  • Galicia Flamenca

    Gino D’Auri
  • The Blower’s Daughter

    Damien Rice
2005—2006

  • Hasta Que Te Conocí

    Raúl di Blasio
2004—2005

  • Hasta Que Te Conocí

    Raúl di Blasio
  • Romeo and Juliet (1968 film)

    Nino Rota, André Rieu
  • Dance of the Knights

    Sergei Prokofiev
2003—2004

  • Whose Woods These Are

    David Tolk
  • Romeo and Juliet

    Sergei Prokofiev

Natijalari

tahrir

Dubé bilan

tahrir
Natijalar
Xalqaro
Tadbir 03—04 04—05 05—06 06—07 07—08 08—09 09—10
Olimpiada 10 6
Jahon chemp. 7 7 3 7 6
Toʻrt qitʼa WD 2
GP finali 4
GP Bompard 2
Chinsese Cup 4
GP NHK Trophy 3 3
GP Skate America 6 1
GP Skate Canada 2 2 3
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chemp 2 2
JGP finali 1 WD
JGP Xitoy 2
JGP Yaponiya 1
JGP Meksika 1
JGP AQSh 1
Milliy
Kanada chemp.. 1-J. WD 2 1 2 1 1
GP = Gran-pri; JGP = Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri; J. = Oʻsmirlar darajasi; WD = Musobaqani tark etgan

Manbalar

tahrir
  1. Burkholder, Amy. „Journey back to the ice: Skaters recover after slash“. CNN (2007-yil 23-aprel). 2012-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. DiManno, Rosie. „DiManno: Jessica Dubé returns to Skate Canada with new partner“. Toronto Star (2011-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 28-oktyabr.
  3. „2004 World Junior Figure Skating Championships: Pairs Highlights“. Golden Skate (2004-yil 6-mart).