Jessica Dubé
Jessica Dubé (talaffuzi: Jessika Dube; 1987-yil 29-oktyabrda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Bryce Davison bilan birga 2008-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sohibi, 2009-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatining kumush medali sovrindori va uch karra Kanada milliy chempioni (2007, 2009, 2010) boʻlgan. Juftlik 2006 va 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Kanadani himoya qilgan.
Jessica Dubé | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Kanada |
Tavalludi |
29-oktyabr 1987-yil Drummondville, Quebec |
Boʻyi | 1.58 m (5 ft 2 in) |
Oldingi sheriklari |
Sébastien Wolfe Bryce Davison Samuel Tetrault |
Jamoasi | Drummondville CPA |
Uchishni boshlagan | 1991 |
Yakunlagan | 2013 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 68.66 |
Erkin dastur | 124.12 |
Faoliyati
tahrirDavison bilan
tahrirDubé 2003-yil iyul oyida Bryce Davison bilan birga juftlik hosil qilgan. Juftlik 2006-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarida 10-o‘rinni, o‘sha mavsumda Jahon chempionatida ishtirok etib, 7-o‘rinni egallagan[1].
Dubé va Davison 2007 — 2008-yilda ajoyib mavsumni oʻtkazishgan. Juftlik oʻzining birinchi Gran-pri medallarini, shu jumladan 2007 Skate America turnirida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2008-yilgi Kanada chempionatida Anabelle Langlois va Cody Hay juftligiga milliy chempionlikni boy berishgan, ammo ikki oy oʻtgach, Jahon chempionatida uzoq dasturda ikkinchi oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritgan[2].
Dube va Davison 2009-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan birinchi World Team Trophy musobaqasida Kanada jamoasining bir qismi sifatida ishtirok etishgan. 2009 — 2010-yilgi Olimpiya mavsumida juftlik Gran-prining ikkala musobaqasida ham medallar qoʻlga kiritgan, ammo Gran-pri finaliga yoʻllanma ololmagan. Juftlik Olimpiada va Jahon chempionatlarida oltinchi o‘rinni egallagan[3].
Davison tizzasidan jarohat olganidan keyin Dubé va Davison juftligi 2010 Skate Canada International musobaqasini tark etgan. Davison suyagining singan qismini qayta tiklash uchun mavsum yakunida operatsiya qilingan.
Dasturlari
tahrirDavison bilan
tahrirMavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2009—2010 |
|
|
2008—2009 |
|
|
2007—2008 |
|
|
2006—2007 |
|
|
2005—2006 |
|
|
2004—2005 |
|
|
2003—2004 |
|
|
Natijalari
tahrirDavison bilan
tahrirNatijalar | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | |||||||
Tadbir | 03—04 | 04—05 | 05—06 | 06—07 | 07—08 | 08—09 | 09—10 |
Olimpiada | 10 | 6 | |||||
Jahon chemp. | 7 | 7 | 3 | 7 | 6 | ||
Toʻrt qitʼa | WD | 2 | |||||
GP finali | 4 | ||||||
GP Bompard | 2 | ||||||
Chinsese Cup | 4 | ||||||
GP NHK Trophy | 3 | 3 | |||||
GP Skate America | 6 | 1 | |||||
GP Skate Canada | 2 | 2 | 3 | ||||
Xalqaro: Oʻsmirlar | |||||||
Jahon chemp | 2 | 2 | |||||
JGP finali | 1 | WD | |||||
JGP Xitoy | 2 | ||||||
JGP Yaponiya | 1 | ||||||
JGP Meksika | 1 | ||||||
JGP AQSh | 1 | ||||||
Milliy | |||||||
Kanada chemp.. | 1-J. | WD | 2 | 1 | 2 | 1 | 1 |
GP = Gran-pri; JGP = Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri; J. = Oʻsmirlar darajasi; WD = Musobaqani tark etgan |
Manbalar
tahrir- ↑ Burkholder, Amy. „Journey back to the ice: Skaters recover after slash“. CNN (2007-yil 23-aprel). 2012-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ DiManno, Rosie. „DiManno: Jessica Dubé returns to Skate Canada with new partner“. Toronto Star (2011-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 28-oktyabr.
- ↑ „2004 World Junior Figure Skating Championships: Pairs Highlights“. Golden Skate (2004-yil 6-mart).