Bryukva
Bryukva (Brassica napus rapifera) — krestguldoshlar oilasiga mansub ildizmevali ikkd.yillik oʻt oʻsimlik, xashaki ekin (qisman oziq-ovqatga ham ishlatiladi). Yevropa, Shim. Amerika, Avstraliya, Rossiyaning noqoratuproq zonasida yetishtiriladi. Ekilganidan keyin birinchi yili yirik ildizmeva va yirik (uz. 60 sm dan ortiq) savatcha barglar hosil qiladi, keyingi yili gulpoyalar chiqaradi. Mevasi — urugʻli qoʻzoq, urugʻi mayda. Naviga qarab ildizmevasi uzunchoqyumaloq, yumaloqkonussimon, silindrsimon. Pusti va eti sariq yoki sargʻimtiroq. Ildizmevasi tarkibida 5—10% qand, 0,6—2% oqsil, karotin, askorbin kislota, mineral moddalar, gorchitsa (xantal) moyi bor. 100 kg ildizmevasida 13 ozuqa birligi, 100 kg bargida 12,5 ozuqa birligi bor. Ildizmevasi xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda, shuningdek oziq-ovqatga ishlatiladi.
Bryukva | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |