Buake
Buake, Bvake — Kot d’Ivuarning markaziy qismidagi shahar. Buake departamenti maʼmuriy markazi. Aholisi 333 ming kishi (1990). Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Buake mahsulotlari (paxta, kofe, kakao, banan, ananas, sholi va boshqalar) yetishtiriladigan rayon markazi. Toʻqimachilik, koʻn poyabzal, oziq-ovqat sanoati, paxta tozalash va sholi oqlash korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |