Bud so mnoy
„Bud so mnoy“ (ruscha: Будь со мной, yaʼni „Men bilan boʻl“) — rus xonandasi Andrey Gubin ijro etgan qoʻshiq. Xonandaning 2002-yil eʼlon qilingan „Vsegda s toboy“ nomli studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. Shuningdek, tarona xonandaning „Vremya romantikov“ (2004) hamda ikki diskdan iborat „Kolleksiya“ (2014) terma albomlariga ham kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham Gubinning oʻzi yozgan[manba kerak].
„Bud so mnoy“ | ||||
---|---|---|---|---|
Andrey Gubin qoʻshigʻi | ||||
„Vsegda s toboy“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2002 | |||
Yozib olingan | 2002 | |||
Davomiyligi | 4:22 | |||
„Vsegda s toboy“ xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Bud so mnoy“ YouTubeda |
„Bud so mnoy“ qoʻshigʻi Gubin reperturaridagi eng keng tanilgan taronalarning biridir. Qoʻshiq uchun rejissyor Dimtiry Zaxarov klip suratga olgan. Klipda kasting orqali tanlab olingan 15 yoshli juvon Gubin bilan bir qatorda bosh rolni oʻynagan. Klipda mototsikl poygalari tasvirlangan boʻlib, undagi barcha tryuklarni xonandaning oʻzi bajargan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Всегда с тобой“ (inglizcha). Spotify. Qaraldi: 29-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Андрей Губин погонял на мотоцикле“ (ruscha). InterMedia (7-avgust 2002-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2022-yil.