Budinlar
Budinlar — Skifiyapa yashagan koʻp sonli koʻchmanchi qabilalarning umumiy nomi. Gerodotning yozishicha, budin koʻzlari moviy, sochlari malla kishilar boʻlib, sarmapiarga qoʻshni yerlarda hayot kechirganlar. Budin yerlarida yogʻochdan qurilgan harbiy istehkomlar koʻp boʻlgan, ular skiflarning Doro I ga qarshi urushlarida qatnashgan. Ilmiy adabiyotda Budin yashagan yerlar Sharqiy Yevropaning Dnepr daryosi bilan Volga daryosi oraligida deb koʻrsatiladi. Oʻrta Donda saqlanib qolgan mozorqoʻrgʻonlar budinga tegishli boʻlishi mumkin. Budinning qaysi elatga mansub ekanligi aniqlanmagan. Tadqiqotchilardan ayrimlari ularni mordvalarga, baʼzilari esa slavyanlarga mansub desa, boshqalari fors qabilalaridan biri deb hisoblaydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |