Bufer (ing. buffer, byff — zarbani yumshatish) — transport vositalari (lokomotivlar, vagonlar va boshqalar) da paydo boʻladigan zarbalarni yumshatuvchi moslama. Maye, vagonlar orasida hosil boʻladigan boʻylama zarbalarni oʻziga qabul qiladi va yumshatadi. Bunday B. vagonning old va orqa tomoniga ikkitadan oʻrnatiladi. Odatda, B. uchi sferik shaklda boʻladi, pishiq poʻlatdan tayyorlanadi. Avtomobil B. avtomobil bexosdan biror toʻsiqqa urilganda paydo boʻladigan zarbalarni yumshatadi. Bunday B. bamper deb ataladi. Rezina yoki plastmassa (ba’zan, poʻlat) dan tayyorlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil