Bugʻ oʻtkazgich
Bugʻ oʻtkazgich — bugʻ uzatish qurilmasi. Odatda, yaxlit choʻzilgan poʻlat quvurlardan yasaladi. Past (1,2 MPa gacha) bosimli Bugʻ oʻtkazgichlar flanes yordamida, oʻrta va yuqori bosimlilari esa payvandlab biriktiriladi. Bugʻ kondensatini olib ketish uchun Bugʻ oʻtkazgich bugʻ yoʻnalishi tomonga 2—3% qiyalantirib oʻrnatiladi, suvayirgʻich va drenaj qurilmalar bilan jihozlanadi. Bugʻ oʻtkazgichning bugʻni berkitish va rostlash organlari sifatida ventillar va zulfinlar ishlatiladi; issiqlikdan (termik) kengayishni kompensatorlar bartaraf qiladi. Issiqlik behuda sarf boʻlmasligi uchun Bugʻ oʻtkazgich izolyatsiyalanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |