Bugʻ-havo oʻlchagich — yonish mahsulotlari sarfi va hosil boʻlayotgan bugʻ miqdorini oʻlchaydigan asbob; drosselli bugʻ oʻlchagich va differensial tyagomer majmuidan iborat. Bir shkalali va ikki mil (strelka)li umumiy ikkilamchi koʻrsatuvchi asbobi bor. Ish tarzi yonish mahsulotlari sarfi (differensial tyagomer bilan oʻlchanadi) qozonning bugʻ hosil qilish unumiga (drosselli va bugʻ oʻlchagich bilan oʻlchanadi) mutanosibligiga asoslangan. Bugʻ-havo oʻlchagich ishlatilganda qozon agregati ishini nazorat qilish osonlashadi; bunda nagruzka va yonish jarayonini rostlash uchun ikkala mil bir-biriga moye keltiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Bugʻ-havo oʻlchagich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil