Bugʻ gʻilofi — bugʻ mashinasi silindrini oʻrab turuvchi halqasimon kamera. Bugʻ quvuridan chiqqan bugʻ shu gʻilofdan oʻtkaziladi. Vazifasi — silindr devori temperaturasini ish bajaruvchi bugʻ temperaturasiga yaqinlashtirish va uni bir meʼyorda tutib turish. Bugʻ gʻilofi toʻyingan bugʻ bilan ishlovchi mashinalarning koʻpida qoʻllanadi. Bugʻ gʻilofi oziq-ovqat sanoati korxonalarida masalliqparni pishirish uchun ham ishlatiladi. Masalan, yogʻ zavodlarida yanchilgan magʻiz bugʻ gʻilofli qozondan oʻtayotgan bugʻ taʼsirida pishiriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Bugʻ gʻilofi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil