Bugʻlanish (agrometeorologiya)

BUGʻLANISH, yalpi bugʻlanish, evapotranspiratsiya (agrometeorologiyada) — tuproq yuzasi hamda oʻsimliklardan bugʻlanadigan nam (transpiratsiya) miqdori yigʻindisi. B. tuproq namligi, uning xususiyati, tuproq nam sigʻimi, toʻshama sirt rangi, havo temperaturasi va nisbiy namligi, shamol va 6. omillarga bogʻliq. B. toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish, sugʻorish vaqti va normalarni aniqlash, qurgʻoqchilikka turlicha chidamli ekinlarni rayonlashtirishda, hosilni prognozlash va boshqalarda foydalaniladi. Oʻrta Osiyoning dehqonchilik mintaqalarida B. hisobiga tuprokdan yoʻqotiladigan namlik (bugʻlanuvchanlik) bir yilda 1200–2000 mm va undan koʻproqni tashkil etadi. Bu esa yillik yogʻin miqdoriga nisbatan 10—15-marta, vegetatsiya davridagi yogʻinlarga nisbatan esa deyarli 40—50-marta koʻpdir. Natijada ekinlarni sunʼiy sugʻorishga toʻgʻri keladi. Sugʻorish normasi gidromorf tuproqlarda 3—4 ming m³/ga, avtomorf tuproqlarda esa 6—7 ming m³/ga. Namlik sarfini kamaytirish uchun tuproqni yumshatish, almashlab ekishni toʻgʻri tashkil etish, organik oʻgʻitlarni ishlatish, tuproq strukturasini yaxshilaydigan sunʼiy moddalar solish va boshqa tadbirlar qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil