Bosh menuni och

Nikolay Buharin

(Buharin Nikolay Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Bucharin.bra.jpg

Nikolay Ivanovich Buharin (1888-1938) — siyosiy arbob, akademik (1928). Rossiyadagi 1905–07 va 1917 yilgi (oktabr) inqiloblar ishtirokchisi. 1917–18 yillarda "so‘l kommunistlar" yetakchisi. 1918–29 yillarda "Pravda", 193437 yillarda "Izvestiya" gazetalari muharriri. 1917–34 yillarda partiya MK a’zosi (1934–37 yillarda a’zolikka nomzod). 1924—29 yillarda MK Siyosiy byurosi a’zosi. 20-yillar oxirida qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish va industriyalashni o‘tkazishda favqulodda choralar qo‘llanilishiga qarshi chiqdi, bu esa "VKP(b)da o‘ng og‘machilik" deb e’lon qilindi. Buharin falsafa va siyosiy iqtisod fanlari buyicha asarlar muallifi. 1938 yil mart oyida sovetlarga qarshi "o‘ng trotskiychi blok" deb atalgan ish buyicha qatag‘on qilingan, ulimidan keyin oqlangan (1988).[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Buharin Nikolay Ivanovich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil