Buj (frans. boudie—zond) — jarrohlik asbobi; odam organizmidagi chandiqlanib torayib qolgan naysimon aʼzolar (qiziloʻngach, siydik yoʻli va boshqalar)ni kengaytirish va tekshirish uchun ishlatiladi. B. yoʻgʻon va ingichka boʻlib, metall, kauchuk, plastmassadan yasaladi. Elastik hamda yumshoq boʻladi. Har bir bemor uchun maxsus yoʻgʻonlikdagi B. tanlab olinadi. Quloq, hiqildoq, kekirdak, shuningdek qiziloʻngach va qon tomirlari B.i ham bor. B. ishlatishdan oldin sterillanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil