Bukeyiylar — 19-asrning boshlarida Ural va Volga daryolari oraligidagi dashtlarga koʻchib kelib, Bukey Oʻrdasini barpo qilgan Kichik juz qozoqlarining bir qismi. B. 1885 i. 237 ming kishi boʻlgan. Ular aday, jappas, boyboqti, tana, bersh, cherkesh, maskar, issiq, esontemir, olacha, qizil qurt, toz, tama, kerderi, tobin, kite kabi qozoq urugʻlari vakillaridan iborat bulib, 20-asrning 1-yarmida qozoq xalqi tarkibiga kirgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil