Bulavayo — Zimbabve janubi-gʻarbidagi shahar. Matopo kryaji etagida. Shim. Matabelelend provinsiyasi maʼmuriy markazi. Aholisi 621 ming kishi (1992). Muhim temir yoʻl tuguni. Xalqaro aeroport bor. Savdosanoat markazi. Bulavayo mashinasozligi zavodi, oziq-ovqat, toʻqimachilik korxonalari, shina ishlab chiqarish, mebel sanoati fabrikalari, texnika kolleji, Zimbabve milliy muzeyi bor. B. atrofida oltin, xrom, koʻmir, qoʻrgʻoshin, mis, nikel qazib chiqariladi. Shaharga 1893 yilda asos solingan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil