Bulavin qoʻzgʻoloni
(Bulavin qo‘zg‘olonidan yoʻnaltirildi)
Bulavin qoʻzgʻoloni — Don, Soʻl qirgʻoq va Sloboda Ukrainasi va Oʻrta Volgaboʻyida Don kazagi K. A. Bulavin (taxminan 1660—1708) rahbarligida chor hukumatiga qarshi koʻtarilgan dehqonlar va kazaklar qoʻzgʻoloni (1707—09). Qoʻzgʻolonchilar Cherkassk, Saritsin va boshqa shaharlarni qoʻlga oldilar. V. V. Dolgorukiyning jazo armiyasi tomonidan ular bir necha marta magʻlubiyatga uchragach, boy kazaklar qoʻzgʻolondan chetlashishgan. K. A. Bulavin xoin yasovul S. Ananin tomonidan Cherkasskda oʻldirilgan (1708). Oʻrta va Quyi Volgada qoʻzgʻolon 1709-yil boshigacha davom etgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |