Bulbulga bir gapim bor
„Bulbulga bir gapim bor“ — oʻzbek shoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1987-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1][2][3] Kitobning nomi „Nilufar“ sheʼridan olingan:
Muallif(lar) | Muhammad Yusuf |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1987 |
Sahifalar soni | 73 |
Qoʻlim yetmas bu gulga manim, Qoʻlim yetmas, nimasin aytay. Bir gapim bor bulbulga manim,
Uni yigʻlab-yigʻlab uygʻotay.
„Bulbulga bir gapim bor“ sheʼrlar toʻplamiga: „Yuragim“, „Yigirmanchi asr“, „Ota“, „Oʻzbekning ayollari“, „Brigadir“, „Mehmon“, „Savol“, „Bir kecha“, „Xirmondagi bola“, „Moʻminjon“, „Singlimga maktublar“, „Ey, dil“, „Inson“, „Nido“, „Oʻzim yomon...“, „Unutish (Shokirga)“, „Kumush“, „Koʻngil yigʻisi“, „Zebixon“, „Bobur“, „Toshkent“, „Taraqqiyot“, „Temirlar nidosi“, „Qari qiz“, „Yuvosh oʻgʻil“, „Oʻgʻlimga aytmagan qoʻshigʻim“, „Madina“, „Muttaham“, „Loʻttivozlar“, „Kinoga kirmayman“, „Tugʻilgan kunda“, „Sodda tilak“, „Xolmat akaga“, „Yaxshi bola (Xayrulla Saʼdiyevga)“, „Jangchi-shoir maktubi“, „Kokilingni kim kesdi“, „Adabiyot muzeyida“, „Nozim xikmat“, „Anjelika“, „Foziljonning onasi“, „Mirzamurod dehqonning nevaralariga aytganlari“ kabi turli mavzulardagi sheʼrlar kiritilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Bulbulga bir gapim bor“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
- ↑ „Muhammad Yusuf hayotiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi“. Xalq soʻzi (2018-yil 25-aprel). 2019-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
- ↑ „Onajon, zor qilib ketma izingga!..“. Kun.uz (2018-yil 26-aprel). Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
Havolalar
tahrir- „Bulbulga bir gapim bor“ Muhammad Yusuf saytida[sayt ishlamaydi]
- „Bulbulga bir gapim bor“ Kutubxona saytida[sayt ishlamaydi]