Bulgʻor islom akademiyasi (tatarcha — Bolgar Islom akademiyasi) — Bulg'or (Tatariston) shahridagi taʼlim muassasasi boʻlib, Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi, Rossiya musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi va Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Bulg'or Islom akademiyasi
Xalqaro nomi
Bolgar Islamic Academy
Asos solingan sanasi 2017
Rektori v.b. Temirxanov Aynur Axatovich
Manzili
Veb-sayti bolgar.academy

Tarixi

tahrir

922 yilda Volga Bulg'oriyasi rasman islomni qabul qilgan. Ushbu tarixiy voqea koʻp asrlar davomida tatar xalqi maʼnaviy madaniyatining rivojlanishini belgilab bergan.

Tatariston prezidenti 2015-yil noyabr oyida Bulgʻor Islom akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.[1]. Uni yaratishdan asosiy maqsad mahalliy islom dini maktabini yaratish edi. Akademiyaning tashkil etilishi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.[2]. 2016-yilning 21-mayda, Volga Bulg'oriyasi tomonidan Islom dinini qabul qilgan sanasida, Akademiyaning oʻquv va turar-joy majmuasi poydevoriga yodgorlik toshini qoʻyishning tantanali marosimi boʻlib oʻtdi[3]. 2017-yil 20-mayda oʻquv va turar joy binosi hamda oʻqituvchilar va talabalar uchun 6 yotoqxonali korpuslar qurilishi yakunlandi.[4]. 2017-yil iyul oyida Oq masjid majmuasi Akademiya tasarrufiga oʻtkazildi. 2017-yil 4-sentabrda muassasaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.[5]

Taʼlim

tahrir

Universitetda asosiy oʻqitiladigan fanlar: islom huquqi (fiqh), arab tili va adabiyoti, Qurʼon fanlari va hadisshunoslik.

Akademiyada taʼlim dastlab arab tilida olib boriladi, chunki Rossiya tomoni chet ellik mutaxassislarni jalb qilishiga toʻgʻri kelmoqda.

2020-yildan beri Akademiya oliy taʼlimning federal davlat taʼlim standarti boʻyicha „Ilohiyotshunoslik“ yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlamoqda.

Rahbarlari

tahrir
yillar Rektor
2017—2019 Isxakov, Kamil Shamilyevich (Prezident)
2017—2019 Muhametshin, Rafik Muhametshovich
2019—2021 Abdrahimov, Daniyar Mavliyarovich
s 2021—h.v. Temirxanov, Aynur Axatovich

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir