Buloqi, aravak — bezak buyumi, burunga taqiladigan bejirim zirak. Baʼzan B.ga qimmatbaho toshlardan koʻz ham oʻrnatiladi. Fargʻona vodiysida aravak (yoki "arabak"), baʼzi viloyatlarda "latifa" deb ataladi. Oʻrta asrlarda Sharq(Arabiston, Hindiston) mamlakatlaridan Markaziy Osiyoga keltirilgan va bu asrlarda ayollar ora;sida B. taqish rasm boʻlgan. B. taqish uchun 3*5 yoshdagi qiz boldlarning burni (shu vaqtda qulogʻi teshilgan. Telgan joyga kich?|sina choʻp tiqilib 1unga zirak kiygizilgan. Kelin yoshiga yetib turmushga chiqqanidan soʻng B. taqilgan. Hozir B. taqish urfdan qolgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil