Buna — dengiz, kanal qirgʻoqlari yoki gidrotexnika inshootlarini suv yuvib ketishidan saqlash va suv oqimini rostlab turish uchun xizmat qiladigan mustahkamlash inshooti. B. uchun tuproq, tosh, beton, gabion, shoxshabba va boshqa materiallar ishlatiladi. B. qirgʻoqqa tik yoki biror burchak ostida oʻrnatiladi. Tub B.lar qirgʻoqsagi inshootlar (dambalar, kanal devorlari va boshqalar) tubini suv yuvib ketishidan asraydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil