Burberry
Burberry — Buyuk Britaniyaning hashamatli moda uylaridan biridir. Burberry modalar uyi 1856-yilda Tomas Burberry tomonidan tashkil etilgan. Uning bosh ofisi Angliyaning London shahrida joylashgan. Burberry brendi bugungi kunda dunyodagi eng mashhur brendlardan biri hisoblanadi. Hozirda „Burberry“ modalar uyi toʻliq tayyor kiyimlar, trench paltolar (eng mashhur mahsulotlaridan biri), charm aksessuarlar va charm poyabzallarni ishlab chiqarish va jahon bozoriga tarqatish bilan shugʻullanadi. Burberry nomi va brendi xushboʻy hid beruvchi va kosmetik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi „Coty“ kompaniyasiga[1] va koʻzoynak ishlab chiqaruvchi „Luxottica“ kompaniyasiga litsenziyalangan[2].
Tarixi
tahrir1856-yilda 21 yoshli Tomas Burberry Angliyaning Xempshir shtatidagi Basingstoke shahrida oʻzining doʻkonini ochadi va unga „Burberry“ deb nom qoʻyadi[3]. 1870-yilga kelib, „Burbery“ ochiq havoda kiyib yurishga moʻljallangan kiyimlarni ishlab chiqarishga eʼtibor qaratadi va oʻzini namoyon qila boshlaydi[3].
1879-yilda „Burberry“ brendi oʻzining „gabardin“ matosini ommaga taqdim etdi.Bu matoning oʻziga xosligi shunda ediki, u mustahkam, qattiq, suvga chidamli va oʻzidan yaxshi havo oʻtkazadigan xususiyatlarga ega edi[4].
1891-yilda „Burberry“ London shahridagi Haymarketda oʻzining doʻkonini ochdi.
20-asr
tahrir„Burberry Equestrian Knight“ logotipi, lotincha „Prorsum“ soʻzidan olingan, yaʼni „oldinga“ degan maʼnoni anglatadi. Bu logotip 1901-yilda ishlab chiqilgan. Kompaniya keyinchalik uni 1909-yilda savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazdi[3]. 1911-yilda kompaniya Janubiy qutbga yetib borgan birinchi odam - Roald Amundsen[3] va 1914-yilda Antarktidani kesib oʻtgan ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan Ernest Shakltonni kiyimlar va boshqa jihozlar bilan taʼminladi.
1924-yilda Jorj Mallori „Burberry gabardin“ kurtkasini Everest choʻqqisini zabt etish chogʻida kiyib olgan[5].
Birinchi Jahon urushi davrida, harbiy xizmatchilarning noqulayliklarini bartaraf etish maqsadida „Tranch palto“lar ishlab chiqarilgan. Britaniya zobitlari xandaqlarning ichida yurganligida bu paltolarni suv va zax oʻtmasligi uchun kiyib yurishgan. Urushdan keyin bu paltolar oddiy aholi orasida ham mashhur boʻldi. Burberry maxsus matosi 1920-yillarda, birinchi marotaba trench paltolar uchun astar sifatida ishlatilagan. Shuningdek, kompaniya aviatsiya xodimlari uchun maxsus kiyimlar ham ishlab chiqargan.
Inflyatsiya va mashhurlikka koʻtarilish
tahrir1970– va 1980-yillarda „Burberry“ butun dunyo boʻylab ishlab chiqaruvchilar bilan erkaklar, ayollar va bolalar uchun kostyumlar, shimlar, koʻylaklar, sport kiyimlari, aksessuarlar kabi mahsulotlarni yetkazib berish va Britaniya kolleksiyasi uchun qoʻshimcha mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha shartnomalar imzoladi. Londonda joylashgan shtab-kvartiraning qatʼiy nazorati ostida ishlab chiqilgan kompaniya mahsulotlari butun dunyo boʻylab mustaqil chakana savdo doʻkonlari, shuningdek, „Burberry“ doʻkonlari orqali ishlab chiqarilgan va tarqatilgan. Bu 90-yillarning oxirigacha brendning savdosi va foydasi oʻsishiga hissa qoʻshgan. Kompaniya Lord Litchfildni fotograf sifatida tasdiqlagan, Lord (Leonard) Wolfson rais va Stenli Peacock OBE boshqaruvchi direktor boʻlishgan[6]. 1997-yilda GUS direktori Viktor Barnett Burberry kompaniyasining raisi etib tayinlandi, Rose Mari Bravoni korporativ qayta tashkil etish va brendni hashamatli modalar uyi sifatida tiklashni amalga oshiruvchi vazifasiga tayinlandi[7]. Barnett kompaniyani 2001-yilda muvaffaqiyatli IPOga olib chiqdi[8].
21-asr
tahrir2001-yil may oyida Kristofer Beyli „Burberry“ kompaniyasiga kreativ direktor lavozimiga tayinlandi[9][10]. Kristofer Beyli 2014-yildan boshlab bosh kreativ direktor, shuningdek, 2014—2017-yil noyabrigacha bosh direktor boʻlib ishlagan. Beyli 2018-yilning mart oyida bosh kreativ direktor lavozimini tark etdi va 2018-yil oxiriga kelib brendni butunlay tark etdi[11].
2018-yil aprel oyida ser Jon Pis boshqaruv kengashi raisi lavozimini tark etishi va uning oʻrniga Gerri Merfi kelishi tasdiqlandi.Merfi 'Kingfisher plc "kompaniyasining bosh direktori, shuningdek, „Teyt va Layl“, „The Blackstone Group International Partners LLP“ kompaniyalarining hozirgi raisi sifatida ishlagan.
Kompaniyaning bosh direktori 2022-yilda „odamlar, sayyoralar va jamoalar uchun ijobiy oʻzgarishlar qilish majburiyatini“ va „2040-yilga kelib iqlim ijobiy boʻlish uchun yangi ambitsiyani“ taʼkidlab, ekzotik terilardan foydalanishni taqiqladi (Alligator va ilon kabilarning terisi shular qatorida)[13]. 2022-yil sentyabr oyida „Burberry“ „Bottega Veneta“ kompaniyasining sobiq kreativ direktori[14], dizayner Daniel Lini kompaniyaning bosh kreativ direktori lavozimiga tayinladi va Rikkardo Tischining ishdan ketishini e’lon qildi.
Manbalar
tahrir- ↑ Sandle, Paul. „Burberry licenses fragrances and cosmetics business to Coty“ (inglizcha). Reuters (3-aprel 2017-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
- ↑ Karski. „Luxottica and Burberry renew eyewear license agreement“. Fashion Network (30-iyul 2015-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Burberry History“. Burberryplc.com. 2015-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2011-yil.
- ↑ Chastain, Sue. „Trenchant coat cuffs may fray and buttons may pop but a true believer won't abandon his Burberry“. Chicago Tribune (4-dekabr 1985-yil), s. 40. 5-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2015-yil.
- ↑ „Mallory and Irvine: Should we solve Everest's mystery?“. BBC News (3-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 9-mart 2014-yil.
- ↑ Tungate, Mark. Fashion Brands: Branding Style from Armani to Zara. Kogan Page, 2012 — 142-bet. ISBN 978-0-7494-6446-2.
- ↑ Heller, Richard. „Can this woman do a Gucci on Burberry“. Forbes (24-yanvar 2000-yil).
- ↑ Lockwood, Lisa. „Barnett steps down, Burberry set for IPO“. Women's Wear Daily (26-aprel 2001-yil).
- ↑ McDowell, Colin. „Christopher Bailey: Burberry's golden boy“. The Times (6-sentabr 2009-yil). 2011-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-dekabr 2009-yil.
- ↑ Jones, Dolly. „All Hail Bailey“. Vogue (11-noyabr 2009-yil). 14-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-dekabr 2009-yil.
- ↑ Fletcher, Nick. „Christopher Bailey to cut all ties with Burberry“ (inglizcha). The Guardian (31-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2017-yil.
- ↑ „Burberry Has A New Logo and Monogram“ (en-US). Harper's BAZAAR (2018-yil 2-avgust). Qaraldi: 2018-yil 6-oktyabr.
- ↑ Glover. „Burberry announces ban on exotic skins“ (inglizcha). Ecotextile News. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
- ↑ Phelps. „Riccardo Tisci Is Out at Burberry, and Daniel Lee Has Been Hired to Replace Him“ (inglizcha). Vogue (28-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
Havolalar
tahrir- Burberry Group plc rasmiy veb-sayti
- Burberry iste'molchilarining rasmiy veb-sayti
- 20 Burberry Documents and clippings about Burberry