Roald Amundsen (16-iyul, 1872 — 18-iyun, 1928) — norvegiyalik qutb sayohatchisi va tadqiqotchi. 1911-yil 14-dekabrda birinchi boʻlib Janubiy Qutbga yetgan.

Roald Engelbregt Gravning Amundsen
Tavalludi 16-iyul 1872-yil
Borge, Norvegiya
Vafoti 18-iyun 1928-yil(1928-06-18)
(55 yoshda)
Byorne, Norvegiya
Fuqaroligi Norvegiya[1][2][3]
Ota-onasi Jens Amundsen

Amundsen Rual (1872.16.7 — 1928) — norveg qutb sayyohi. Birinchi marta 1903 — 06 yillarda „Yoa“ kemasida Shimoli-gʻarbiy dengiz yoʻli orqali Grenlandiyadan Alyaskaga oʻtdi. Kanada Arktikasidagi King-Vilyam o.da ikki yil davomida muhim geomagnit kuzatishlar oʻtkazdi. A. 1904-yil Butiya-Feliks yarim orolda Shimoliy magnit qutbini tekshirdi va shu atrofdagi 100 ga yaqin orollarni birinchi boʻlib haritaga tushirdi. 1911-yil „Fram“ kemasida Antarktikaga eks-peditsiya uyushtirdi. Oʻsha yili 14 dekda tarixda birinchi boʻlib (R. Skottdan bir oy oldin) Janubiy qutbga yetib bordi va u yerdan qaytishda Qirolicha Mod togʻ tiz-masini (bal. 4500 m) kashf etdi. A. 1926-yil 12 — 13-mayda birinchi marta Arkti-ka ustidan „Norvegiya“ dirijablida Shpitsbergen — Shimoliy qutb — Alyaska marshruta boʻyicha uchib oʻtdi. 1928-yilda Umberto Nobile ekspeditsiyasi halokatga uchragach, A. ekspeditsiyachilarga yordam koʻrsatish uchun 18-iyunda gidrosamolyotda uchib borayotganda u ham Barens dengizida halokatga uchrab bedarak yoʻqolgan. A. oʻz sayohatlari haqida bir necha asar yozgan. A.ning rus tilida: „Muz okeani ustidan 454uchib oʻtish“ (L., 1927, L. Elsvort bilan birgalikda yozilgan), „Mod“ kemasida Osiyoning shimoliy sohili boʻylab eks-peditsiya (1929), „Janubiy qutb“ (1937), besh jildli asarlar toʻplami (L., 1936 — 39), „Mening hayotim“ (M., 1959) va boshqa asarlari bosilib chiqqan. Antarktida yaqinidagi bir dengiz va Amerika qutb stansiyasi (Amundsen — Skott) hamda togʻ tizmasi, qoʻltiq, suv osti soyligi (Shimoliy Muz okeanida) A. nomiga qoʻyilgan. Ad.: Dyakonov M., Amundsen, M., 1937; Yakovlev A., Rual Amundsen, M., 1948.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. — Т. 1. — С. 83.
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)