Burch — kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Bizda obyektiv munosabatlar ifodalanadi, yaʼni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Buning oziga xos xususiyatlari mavjud bolib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Bu iymon-eʼtiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bogʻliq. Burch qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha boʻladi (milliy burch, ijtimoiy burch, umuminsoniy burch va boshqalar). Ijtimoiy va shaxsiy burch, oilada ota-onalik burchi, farzandlik burchi va boshqa burch lar bor. Burch nisbiy tushuncha. U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan oʻzgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar oldidagi burchi yangicha mazmun kasb etmoqda. Oilaviy burch esa jamiyat oldida turgan maqsadlar bilan yaiada uygʻunlashmoqda. Ona Vatanga, xalqqa xizmat qilish eng ulugʻ va sharafli burch hisoblanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil